Portugaliya qirollik oilasida to‘y
Malika Braganza advokatga turmushga chiqdi.

Portugaliya qirollik oilasi aʼzosi Infanta Mariya Fransiska de Braganza advokat Duarte de Sousa Araujo Martinsga turmushga chiqdi. Bu Portugaliya qirollik oilasining 25 yil ichidagi birinchi nikoh to‘yidir.
Qayd etilishicha, Bragan gertsogi va gersoginyasining yagona qizi o‘z sevgilisi bilan o‘tgan yili Sharqiy Timorda, Ramelo tog‘i cho‘qqisida unashtirilgan va u bilan to‘rt yil avval uchrasha boshlagan.
Tadbirda minglab mehmonlar ishtirok etgan. Ularning aksariyati xorijiy qirollik oilalari aʼzolari va sotsialitlardir.
Eslatib o‘tamiz, Mariya Fransiska de Braganza Portugaliya va Algarve qirollik taxtiga daʼvogarlar ro‘yxatida katta akasi shahzoda Beyra hamda uning ukasi Portu gertsogidan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi.







