Jahon

Tel-Avivda havo qatnovi to‘xtatildi

Ko‘plab aviakompaniyalar Isroilga parvozlarni bekor qilmoqda.

Tel-Avivda havo qatnovi to‘xtatildi

 

Hamas va Isroil o‘rtasidagi vaziyat tufayli Tel-Avivda havo qatnovi to‘xtatildi. Deyarli barcha xorijiy aviakompaniyalar ushbu yo‘nalishdagi reyslarni bekor qilmoqda, yuzlab isroilliklar o‘z vatanlariga qaytib kela olmay, boshqa mamlakatlar aeroportlarida qolib ketishgan. 

 

Shu bilan birga, Tel-Aviv xalqaro aeroportida favqulodda boshpana joylarini ko‘rsatadigan belgilarni ko‘rish mumkin.

 

Mahalliy axborot agentliklariga ko‘ra, Falastin va Isroil o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida 700 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 2 mingga yaqin kishi jarohatlangan. Bu oxirgi yillardagi Isroil-Falastin mojarosining eng katta avj olishidir.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi xabar berishicha, O‘zbekiston Isroil bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgani yo‘q.

 

"Chetga ketishni xohlovchilar samolyot chiptasini sotib olishi mumkin", — deyiladi elchixona xabarida.

 

Diplomatik missiya Isroilda bo‘lgan vatandoshlardan bedarak yo‘qolgan, jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida yoki boshqa maʼlumotlar to‘g‘risida konsullik bo‘limiga +972 54 485 1397 telefon raqami orqali xabar berishni so‘ragan.

 

Uzbekistan Airways saytidagi maʼlumotlarga ko‘ra, Tel-Avivdan Toshkentga navbatdagi reyslar 10, 12 va 15 oktyabr kunlariga belgilangan. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tel-Avivda havo qatnovi to‘xtatildi | Zamon.uz