UEFA Isroilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘yinlarni nomaʼlum muddatga kechiktirdi
Yevro-2024 saralash bosqichining I guruhi 7-tur o‘yinlari 12 oktyabr kuni Tel-Avivda bo‘lib o‘tishi kerak edi.

UEFA Yevro-2024 saralash bosqichining I guruhi 7-turidan o‘rin olgan Isroil va Shveysariya o‘rtasidagi o‘yinni qoldirdi, deb xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.
UEFA 2024-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichining Isroilda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘yinlarini xavfsizlik nuqtai nazaridan ko‘chirishga qaror qildi.
"Isroildagi mavjud vaziyat tufayli UEFA kelgusi bir necha hafta ichida mamlakatda o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha o‘yinlarni kechiktirishga qaror qildi", — deyiladi UEFA bayonotida.
UEFAA Yevro-2024 saralashining I guruhi 7-turidan o‘rin olgan Isroil va Shveysariya o‘rtasidagi o‘yinni qoldirdi.
O‘yin 12-oktabr kuni Tel-Avivda bo‘lib o‘tishi kerak edi.
UEFA shuningdek, 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevro-2025 saralash turniri doirasida Isroil — Estoniya — Isroil — Germaniya o‘yinlarini ham qoldirdi.







