Jahon

Falastin — Isroil mojarosi: salkam 1 500 ga yaqin odam halok bo‘ldi

G‘azo sektorida 3 mingga yaqin, Isroilda esa 2,5 mingga yaqin fuqaro jarohatlangan.

Falastin — Isroil mojarosi: salkam 1 500 ga yaqin odam halok bo‘ldi

 

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi, Falastin Qizil Yarim Oy Jamiyati va Isroil Tibbiyot xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, Falastin — Isroil urushida qancha odam halok bo‘lgani haqidagi maʼlumotlar eʼlon qilindi. 

 

G‘azo sektorida 510 kishi halok bo‘ldi, 2750 dan ortiq kishi jarohatlandi.

 

Isroilda esa 800 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 2243 dan ortiq kishi jarohat oldi.

 

Eslatib o‘tamiz, shanba kuni Falastinning HAMAS guruhi Isroilga hujum qilib, mamlakat urush holatiga o‘tganidan so‘ng bir qator davlatlar o‘z fuqarolarini Isroildan evakuatsiya qilishni boshladi.

 

Dushanba kuni ertalab Isroil harbiy amaldori butun aholi punkti nazorat ostida ekani va Isroil hududida hech qanday harbiy harakatlar yo‘qligini aytdi. Biroq Isroilda hamon HAMAS qo‘shinlari bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

 

Kecha HAMAS Tel-Aviv aeroportiga raketa uchirgani maʼlum bo‘ldi. Shuningdek, Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant G‘azo butunlay izolyatsiya qilinganligini eʼlon qildi. U yerda elektr toki, oziq-ovqat, suv va yoqilg‘i bo‘lmasligini aytdi.

 

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bunga javoban anklavning suv, elektr va oziq-ovqat bilan taʼminlanishini to‘xtatish insoniyatga qarshi jinoyat hisoblanishi va xalqaro aralashuvni talab qilishini taʼkidladi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Falastin — Isroil mojarosi: salkam 1 500 ga yaqin odam halok bo‘ldi | Zamon.uz