Falastin prezidenti Rossiyaga bormoqchi
Hozirgi sharoitda bu tashrif muhim.

Falastin prezidenti Mahmud Abbos Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Falastinning Rossiyadagi elchisi Abdel Hafiz Nofal maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastin maʼmuriyati Moskva bilan har kuni aloqada bo‘lib, hozirda prezident Abbos tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
"Biz Kremldan, Rossiya tomondan tashrif qachon bo‘lishi haqida rasmiy bayonot kutmoqdamiz. Janob Abbos Moskvaga kelishi haqida kelishuvga erishildi", - dedi elchi.
Eslatib o‘tamiz, Yevrokomissiya Hamas va Isroil o‘rtasida hujumlar boshlangach, Falastinni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirishni to‘xtatishga qaror qilgandi.







