Argentina o‘rmonlari alanga ichida
Gulxanda kofe qaytatmoqchi bo‘lgan erkak ommaviy yong‘inga sabab bo‘ldi.

Argentinaning Kordova provinsiyasida yirik o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lmoqda. O‘t o‘chiruvchilar va mahalliy aholi ikki kundan beri uni o‘chirishga harakat qilmoqda.
Qayd etilishicha, yong‘in 27 yoshli mahalliy fuqaro olov ustida kofe qaynatishga uringanidan keyin sodir bo‘lgan. Kuchli shamol tufayli olov atrofdagi o‘simliklarga tez tarqaldi.
Politsiya qasddan o‘t qo‘yishda gumonlanuvchini qo‘lga oldi.
Hozir alanga shahar yaqinidagi turar-joylarga yaqinlashmoqda, mahalliy hokimiyat evakuatsiya qilishni boshladi.







