Iroq Bosh vaziri Putindan yordam so‘radi
Uning fikricha, Rossiya rahbari Hamas-Isroil mojarosiga real yechim topa oladi.

Iroq Bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Xamas-Isroil mojarosi hududida o‘t ochishni to‘xtatishga yordam berishni so‘radi.
“Janob Prezident, men BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzosi bo‘lgan mamlakat prezidenti sifatida sizdan haqiqiy o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azo sektori muammosiga real yechim topish tashabbusi bilan chiqishingizni so‘rayman”, dedi Iroq Bosh vaziri.
Al-Sudaniyning fikricha, bunday tashabbus hududda zo‘ravonlik avj olishining yana-da jiddiy oqibatlarini oldini olishi mumkin.
Al-Sudaniy va Putin bir kun avval Moskvadagi muzokaralarda bo‘layotgan voqealarni muhokama qilishgan. Putin davom etayotgan eskalatsiyani AQSH siyosati muvaffaqiyatsizligining yaqqol misoli deb atadi.







