Jahon

2023 yilning eng yaxshi fotosuratlari

Siena International Photo Awards fototanlovi 2023 yil g‘oliblarini eʼlon qildi.

2023 yilning eng yaxshi fotosuratlari

 

Bu yil fotojurnalist Salvan Jorjning ukrainalik askarning oilasi bilan xayrlashayotgani tasviri "Yil surati" deb tan olindi.

 

Mazkur rasmlar 19 noyabrgacha Italiyaning Siyenasida ko‘rgazmaga qo‘yiladi. Yilning eng yaxshi rasmlarini tomosha qilish uchun Italiyaga borish shart emas. Zamon.uz eng yaxshi rasmlar fotogalereyasini taqdim etadi.

 

"Yil surati": "Georgiy", muallif - Salvan Jorj.

 

 

Rasm 2022 yilning 5 mart kuni olingan. Georgiy Keburiya oilasini xavfsizroq joyga - Lvovga yubormoqda. Yuzlab odamlar poyezdga o‘tirishga urinmoqda. Ayni paytda surat qahramoniga o‘xshagan erkaklar qolib, vatanini himoya qilishi kerak.

 

"Sayohat va sarguzashtlar": "Anʼanalarga sodiqlik", muallif - Shidjit Onden Cheriat.

 

 

Har yili qishda tuyaboqarlar Umm-al-Quvayn (BAA)da tuyalarini dengizda cho‘miltiradi. Ular sho‘r suv jonivorlarni turli parazitlardan himoyalaydi deb hisoblashadi.

 

"Sayohatlar va sarguzashtlar", faxriy surat: "So‘nayotgan Gotipua", muallif - Lukas Dragone.

 

 

Gotipua - Hindistonning Orissa shtati aholisining anʼanaviy raqs turidir. U asrlar davomida o‘g‘il bolalar tomonidan ijro etib kelingan. Ammo bugunga kelib bu sanʼat turi unutilib bormoqda.

 

"Dokumentalistika va fotojurnalistika": "Xersonlik bola", muallif - Andrash D. Xaydu 

 

 

2022 yilning 11 noyabrida ukrainalik askarlar Xersonni Rossiya qamalidan qutqardi. 13 yoshli Gleb ismli bola Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy nutqini diqqat bilan tinglamoqda. 

 

"Dokumentalistika va fotojurnalistika", 2-o‘rin: "Afg‘onistonda bolalar mehnati", muallif - Veyken Oliver.

 

 

Suratda Chinarakdagi noqonuniy ko‘mir konida ishlovchi bolakay tasvirlangan. Har kuni 10 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan konchilar hayotini xavf ostiga qo‘yib bu yerga ishlashga keladi.

 

"Maftunkor chehralar": “Otishmada”, muallif - Mett Makkleyn.

 

 

10 yoshli Alina Stoks va ukasi, 5 yoshli Brayson bolalar uchun quroldan xavfsiz foydalanish darsida.

 

"Maftunkor yuzlar": “muxlislar”, muallif - K Asad.

 

 

Bangladesh, 2022 yil 1 dekabr. Dakka universitetiga yig‘ilgan minglab muxlislar Argentina va Polsha matchini katta ekranda tomosha qilmoqda.

 

"Tabiat go‘zalligi": "Yangi avlod", muallif - Fabio Savini.

 

 

"Tabiat go‘zalligi": "Gigantning uyg‘onishi", muallif - Fransisko Negroni.

 

 

Suratda Chilidagi eng yirik Vilyarrika vulqonining faollashishi tasvirlangan. Bungacha u 7 yil davomida uyquda bo‘lgan.

 

"Hayvonlar olamida": "Sherlar paradi", muallif - Tori Xilli.

 

 

Zambiyadagi savannaga qurg‘oqchilik mavsumi boshlanishi bilan sherlar atrof-muhitga singib ketadi. Tori ularni suratga olishga kelganda ikki qator bo‘lib yurayotgan sherlar to‘dasiga duch keldi.

 

"Hayvonlar olamida": "Gullayotgan tushlar", muallif - Martin Gregus.

 

 

“Sport”: "Qo‘lingdan kelsa, meni tutib ol", muallif - Semyuel Barns.

 

 

AQSH terma jamoasi aʼzosi Grant Xollouey Belgraddagi yengil atletika jahon chempionatida qatnashmoqda. U 60 metrga to‘siqlar bilan yugurishni 7,29 soniyada yakunlab jahon rekordini yangiladi.

 

“Sport”: “Bulut”, muallif - Fabris Geren.

 

 

"Ko‘cha tasviri": "Dengiz bo‘yida", muallif - Benua Segalen.

 

 

Fransiyaning dengizbo‘yi shaharchalaridan biridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasi suvga sakrash uchun tramplipga aylangan. Bu yerdan bolalar suvga sakrashni amalga oshiradi.

 

"Suv ostidagi hayot": "Baliq yeyayotgan baliq", muallif - Lilian Kox.

 

 

Suratdagi baliq ovchining changalidan chiqib, qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

 

"Suv ostidagi hayot", 2-o‘rin: "Omma nazorati", muallif - Endi Shmid.

 

custom img

Bashar Asad o‘lim jazosiga hukm qilindi

Shuningdek Suriya sudi sobiq prezidentning ukasi Maher al-Assad va amakivachchasi, Suriyaning sobiq harbiy amaldori Atef Najibni ham o‘lim jazosiga hukm qildi.

custom img

“U ajoyib” — Tramp FIFA prezidenti Infantinoni qo‘llab-quvvatladi

AQSh prezidenti rahbari Janni Infantinoni lavozimidan almashtirish tashkilot uchun “dahshatli xato” bo‘lishini aytdi.

custom img

Messi otasining vafoti sabab futboldagi faoliyatini vaqtincha to'xtatdi

“Inter Mayami” klubi futbolchiga muddatsiz ta’til bergan, uning jamoaga qaytish sanasi hozircha noma’lum.

custom img

Tramp ma’muriyati 175 mingdan ortiq AQSH vizasini bekor qildi

AQSH Davlat departamenti vizalar asosan jinoiy faoliyat, viza qoidalarini buzish, firibgarlik va milliy xavfsizlikka tahdidlar bilan bog‘liq holatlar sabab bekor qilinganini bildirdi.

custom img

Kolumbiyadagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 132 kishiga yetdi

1 575 ta turar joy binosi zarar ko‘rgan, mamlakatda milliy falokat holati e’lon qilingan.

custom img

Tramp Erondan AQSh askarlari o‘limi uchun kompensatsiya talab qilmoqda

AQSh prezidenti bu masalani Tehron bilan kelgusidagi muzokaralarda ko‘tarishini aytdi.

custom img

Janubiy Koreya Ukrainaga halokatli qurol yetkazib bermaydi — Yonhap

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Seulni Kiyevga havo mudofaasi tizimlarini yetkazib berishga chaqirgandi.

custom img

Kolumbiyada 7,4 magnitudali zilzila oqibatida kamida 82 kishi halok bo‘ldi

Zilzila Choko provinsiyasida 107 kilometr chuqurlikda qayd etilgan va mamlakatning bir qator yirik shaharlarida ham sezilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"