Bayden Eronni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi
AQSH samolyot tashuvchi guruhini O‘rtayer dengizining sharqiy qismiga jo‘natgan.

AQSH prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Eron Isroildagi urushga kelganda o‘z harakatlarida ehtiyot bo‘lishi kerak.
Uning taʼkidlashicha, Amerika harbiy kemalari va samolyotlarining Isroil qirg‘oqlari yaqiniga joylashtirilishini Eron “ehtiyot bo‘lish” belgisi sifatida ko‘rishi kerak.
"Biz eronliklarga aniq aytdik: ehtiyot bo‘ling", dedi Bayden.
Avvalroq xabar qilinganidek, AQSH HAMASning Isroilga hujumi tufayli o‘zining samolyot tashuvchi guruhini O‘rtayer dengizining sharqiy qismiga jo‘natgan edi.





