Jahon

Bayden Isroilni urush qonun-qoidalariga amal qilishga chaqirdi

AQSH rasmiylariga ko‘ra, HAMAS jangchilarining Isroilga uyushtirgan hujumi chog‘ida 22 nafar AQSH fuqarosi halok bo‘lgan, yana 17 nafari bedarak yo‘qolgan.

Bayden Isroilni urush qonun-qoidalariga amal qilishga chaqirdi

 

AQSH prezidenti Jo Bayden 11-oktabr kuni Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan beri to‘rtinchi bor Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga telefon qildi. U Isroil hukumatini Falastinning HAMAS harakati bilan jangovar harakatlarda «urush qoidalari»ga amal qilishga chaqirdi. 

 

"Isroilning g‘azab va umidsizlik bilan... urush qonun-qoidalari bo‘yicha harakat qilishi haqiqatdan ham muhim», dedi Bayden Oq uyda AQSH yahudiy jamoat tashkilotlari vakillari yig‘ilgan uchrashuvda Netanyahu bilan muloqotiga izoh berar ekan. «Urush olib borishda ham qonun-qoidalar bor", — deya qo‘shimcha qildi u. 

 

Amerika yetakchisi HAMAS jangchilarining uyushtirgan hujumi qurbonlari aks etgan suratlar haqida gapirdi va hujumni «shafqatsiz kampaniya» deb atadi.

 

"Nafaqat nafrat, balki shafqatsizlik", — dedi Bayden. 

 

U, shuningdek, AQSH hukumati HAMAS tomonidan garovga olingan amerikaliklarni ozod qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishiga ishontirdi, biroq Vashington qanday saʼy-harakatlar ko‘rayotganiga aniqlik kiritmadi. 

 

AQSH rasmiylariga ko‘ra, 7 oktyabr kuni HAMAS jangchilarining Isroilga uyushtirgan hujumi chog‘ida 22 AQSH fuqarosi halok bo‘lgan, yana 17 nafari bedarak yo‘qolgan. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Bayden Isroilni urush qonun-qoidalariga amal qilishga chaqirdi | Zamon.uz