Putin Japarovni “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirladi
Unga bu mukofot munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi uchun berildi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarovni munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi uchun “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirladi.
"Rossiya Federatsiyasi va Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, Yevroosiyo makonida integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga qoʻshgan katta hissasi uchun Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Nurgʻojoyevich Japarovni “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlaymiz", deyiladi hujjatda.
Eslatib o'tamiz, Rossiya Prezidenti ayni damda rasmiy tashrif bilan Qirg'izistonda bo'lib turibdi, yetakchi ertaga MDH davlat rahbarlari bilan uchrashadi.







