Fransiyadagi maktabda qurolli hujum sodir etildi
Hujumchi 20 yoshli chechenistonlik yigit.

Fransiyaning Arras shahridagi Gambetta maktabiga pichoq bilan qurollangan nomaʼlum shaxs bostirib kirdi va o‘qituvchiga hujum qildi. Oqibatda o‘qituvchi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi jarohat olgan.
Fransiya ichki ishlar vaziri Gerald Darmaninning aytishicha, politsiya hujumchini zararsizlantirish uchun operatsiya o‘tkazgan. Hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan. Fransiya OAVlarining yozishicha, u 20 yoshli chechenistonlik bo‘lib chiqdi.
Hujum sabablari va boshqa tafsilotlar o‘rganilmoqda. Yelisey saroyining bildirishicha, prezident Emmanuel Makron va mamlakat taʼlim vaziri tez orada pichoqbozlik sodir bo‘lgan joyga boradi.







