Shimoliy Koreya AQSHning aviatashuvchi kemasiga zarba berish bilan tahdid qilmoqda
Pxenyanga ko‘ra, AQSH kemasi xavfli hududga kirgan.

Shimoliy Koreya USS Ronald Reygan samolyot tashuvchi kemasining Pusan portida paydo bo‘lishiga javoban koreya yarimorolida joylashgan AQSHning strategik nishonlariga zarba berish bilan tahdid qildi.
“Bizning eng kuchli zarbamiz Koreya yarimoroli va uning atrofidagi AQSHning yirik bazalariga ham qaratilgan bo‘ladi”, — deyiladi Koreya markaziy axborot agentligi (KSNA) tomonidan eʼlon qilingan bayonotda.
Harbiy kema Janubiy Koreyaga 12 oktyabr kuni AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya ishtirokidagi uch tomonlama harbiy-dengiz mashqlaridan so‘ng yetib kelgan. Uning kelishi Vashingtonning yarimoroldagi strategik aktivlarning “muntazam ko‘rinishi”ni yana-da kuchaytirish majburiyatining bir qismidir.
KXDR AQSHning ulkan strategik aktivlari o‘ta xavfli hududga kirgani haqida ogohlantirdi.







