Jahon

Titan suvosti kemasi haqida yangi tafsilotlar eʼlon qilindi

Atlantika okeani tubida halokatga uchragan kema va inson qoldiqlari topildi.

Titan suvosti kemasi haqida yangi tafsilotlar eʼlon qilindi

 

Muhandislar Titanik kemasini ko‘rish uchun yo‘l olgan va baxtsiz sayohat chog‘ida portlab ketgan Titan suvosti kemasi qoldiqlarini topishdi. Bu haqda AQSH Sohil xavfsizlik xizmati xabar berdi.

 

Kema iyun oyida sho‘ng‘ish paytida halokatga uchragan. Uning bortidagi barcha besh yo‘lovchi qurbon bo‘lgan.

 

Suvosti kemasini qidirish xalqaro miqyosda olib borilgan. Jarayon bir necha kun davom etgan va jamoatchilik eʼtiborini tortgandi.

 

Sohil xavfsizlik xizmati xodimlari kemaning qo‘shimcha qismlari o‘tgan hafta okean tubidan topilib, AQSH portiga olib ketilganini aytdi. Tibbiyot xodimlari inson qoldiqlarini tahlil qilmoqda.

 

Titan suvosti kemasi uni qurgan OceanGate kompaniyasi tomonidan eksperimental deb taʼriflangan bo‘lsada, qurilma Shimoliy Atlantika okeanida dengiz sathidan 3800 metr pastda joylashgan Titanik halokatiga bir necha bor sho‘ng‘ishni amalga oshirgan.

 

Suvning kuchli bosimi ostida portlab ketgan kema bortida kompaniya bosh direktori Stokton Rash ham bor edi.

 

Halok bo‘lgan qolgan to‘rt yo‘lovchi: 48 yoshli pokistonlik tadbirkor Shahzoda Dovud, uning 19 yoshli o‘g‘li Sulaymon, 58 yoshli britaniyalik tadbirkor Hamish Xarding va 77 yoshli sobiq fransuz dengiz floti g‘avvosi Pol-Genri Nargeolet.

 

Titan kemasining korpusi uglerod tolasidan yasalgan bo‘lib, uning uchida titanium plitalari va bir uchida kichik oyna mavjud. Uglerod tolasi titan yoki po‘latdan arzonroq va o‘ta mustahkam, ammo u insonlar bilan chuqur dengizga sho‘ng‘ish uchun asosiy sinovdan o‘tmagan edi.

 

Tabiiy ofat bo‘yicha xalqaro tergov davom etmoqda va Sohil Xavfsizlik xizmati kelgusida jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishini aytdi.

 

custom img

Rossiyalik biznesmenlar Ukrainaga qarshi urush uchun qariyb 4,5 milliard dollar ajratdi

Bu 2025-yilgi jami tushumdan 1,5 baravar ko‘p.

custom img

Meta bolalarga zarar yetkazganlikda ayblanib, jarimaga tortilishi mumkin

AQShda kompaniyaga qarshi bolalar va o‘smirlarni ijtimoiy tarmoqlarda uzoqroq vaqt ushlab turadigan funksiyalardan foydalangani haqidagi da’volar bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.

custom img

Rossiya raketa zarbasi oqibatida Ukrainada 10 kishi halok bo‘ldi

Hujumda Rossiya tomonidan ikkita kichik Banderol qanotli raketasi qo‘llangan.

custom img

Melaniya Tramp Donald Trampga suiqasd xavfidan xavotirda — Daily Mail

Biroq Donald Trampning o‘zi xavfsizligi bilan bog‘liq tahdidlar yuzasidan jiddiy xavotir bildirgani haqida ma’lumot yo‘q.

custom img

Imron Xon sog‘lig‘i sabab qamoqxonadan kasalxonaga o‘tkazildi

Pokiston Oliy sudi sobiq bosh vazirni navbatdagi sud majlisigacha tibbiy ko‘rik va davolanish uchun kasalxonaga yuborish haqida qaror qabul qildi.

custom img

Filippinda maktabdagi otishmada 4 kishi halok bo‘ldi

Shningdek, hujum oqibatida to‘qqiz kishi jarohatlangan.

custom img

Shimoliy Koreya Rossiya-Ukraina urushidan qanday boyib ketdi?

Shimoliy Koreyaning Rossiyaga ko‘rsatgan urush yordami evaziga olgan daromadlari Kim Chen Inning hokimiyatini mustahkamladi va aholining tor bir qatlamining ham boyishiga imkon berdi.

custom img

G‘azoda qurolsizlanish va gumanitar masalalar bo‘yicha ikki ishchi guruh tuziladi

Qaror Netanyaxu va Tinchlik Kengashi vakillari ishtirokidagi muzokaralarda qabul qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"