Jahon

G‘azo sektori chuqur inqirozda—BMT

Gumanitar vaziyat eng xavfli darajaga yetgan.

G‘azo sektori chuqur inqirozda—BMT

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning aytishicha, G‘azo sektoridagi inqiroz eng xavfli darajaga yetgan.

 

"HAMASning o‘tgan shanba kuni Isroilga uyushtirgan va 1200 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan dahshatli hujumlari ortidan G‘azo sektori kuchli bombardimon qilindi. Bizga zudlik bilan insonparvarlik yordami kerak. Biz unga muhtoj bo‘lgan har bir kishiga yoqilg‘i, oziq-ovqat va suv yetkazib berishimiz kerak", dedi u.

 

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, 1,1 million kishini janglar ketayotgan hududdan xavfsiz joyga ko‘chirish o‘ta xavfli, ayrim hollarda imkonsizdir.

 

G‘azo janubidagi shifoxonalar allaqachon to‘lgan va shimoldan yangi bemorlarni qabul qila olmaydi. Sog‘liqni saqlash tizimi tanazzul yoqasida. So‘nggi bir necha kun ichida sog‘liqni saqlash muassasalariga 34 ta hujum uyushtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"