Jahon

Yovvoyi tabiatning eng yaxshi suratlari eʼlon qilindi

Suratlarni bir necha yillik mehnat va sabr natijasi deyish mumkin.

Yovvoyi tabiatning eng yaxshi suratlari eʼlon qilindi

 

Atrofimizni o‘rab turgan olam turli moʻjizalarga boy. Ularni tasvirlarga muhrlash uchun tabiat fotograflari bir necha soatdan bir necha kungacha sabr qilishiga to‘g‘ri keladi.

 

"Yovvoyi tabiat fotografi-2023" tanlovi g‘oliblari eʼlon qilindi. Unda eʼlon qilingan suratlar ham bir necha yillik mehnat va sabr natijasidir. Quyida ularning eng yaxshilari bilan bo‘lishamiz.

 

Tanlov g‘olibi

 

Bir qarashda tasvir o‘zga sayyora ko‘rinishiga o‘xshaydi. Ammo oltin to‘p ustidagi uchta baliqdan bilish mumkinki, rasm suv ostida olingan. Uning muallifi Loran Balyesta rasmda qisqichbaqaga hamrohlik qilayotgan baliqlarni tasvirlagan.

 

 

Hakamlar hayʼati taqasimon qisqichbaqani tabiiy makonida uchratish noyob hodisa bo‘lgani uchun ham bu rasmni g‘olib deb topdi.

 

Loran 2021 yilda ham suvosti tasviri uchun bosh sovringa ega bo‘lgandi. U 59 yillik tanlov tarixida ikki marta g‘olib bo‘lgan birinchi inson bo‘ldi.

 

"Yovvoyi tabiatning yosh suratkashi-2023"

 

Bu yil tanlov qatnashuvchilari orasida eng yoshi 17 yoshli Karmel Bexler bo‘ldi. U "Yo‘l yoqasidagi ukkilar uyi" nomli rasm bilan tanlovda qatnashdi. Rasmda yo‘l yoqasida vayronaga aylangan bino tasvirlangan. Faqat eʼtibor bilan qaragan inson unda ukkilarni ko‘rishi mumkin.

 

 

Hakamlar hayʼati raisi Keti Moran: Bu surat kompozitsiya va mazmuni bo‘yicha bir necha qavatdan iborat. Bir vaqtning o‘zida u jonivorlar yashash hududlari buzilayotgani va ularning yangi sharoitga ko‘nikishini ko‘rsatadi.

 

Rasm muallifi Karmel 11 yoshidan beri fotografiya bilan professional shug‘ullanib keladi.

 

"Jonivorlarning kutilmagan harakatlari" yo‘nalishida 3 ta g‘olib surati eʼlon qilindi.

 

Birinchi rasmda kosatkalar ov taktikasi drondan suratga olingan. Uchta kit muz bo‘lagi ustidagi tyulenni suv oqimi bilan urib tushirishga urinmoqda. Mazkur surat britaniyalik Berti Gregoriyga mashhurlik olib keldi. Bu rasmni olish uchun u 2 oylik ekspeditsiyaga borgan.

 

 

"Qushlar xulqi" yo‘nalishida fransiyalik Adrian Lalagyu g‘olib deb eʼlon qilindi. Uning suratida Gviana kosmik markazi o‘rtasidagi tropik o‘rmon tasvirlangan. Qushlar to‘dasi oldidan o‘tib ketayotgan bo‘g‘ma ilonni kuzatmoqda. Bu rasmni olish uchun fotoqopqon o‘rnatilib, yarim yil kutilgan.

 

Uchinchi rasm esa Hindistondagi Anamalay yo‘lbarslar qo‘riqxonasida olingan. Ammo unda yo‘lbarslar emas, yonar qo‘ng‘izlar harakati tasvirlangan. Muallif Shriram Murali 19 soniyali ekspozitsiyalarni bitta suratga jamlagan.

 

 

Tabiatdagi boshqa noodatiy portretlari

 

Butun o‘rmonga sporalarini tarqatayotgan qo‘ziqorin rasmini olish uchun maxsus texnika talab qilingan. Gretsiyalik fotograf Agtrastos Papatsanis buning uchun kushum foto-soyabondan foydalangan. Rasmdagi qo‘ziqorin qalpog‘i ostidagi jabralari yordamida sporalarini atrofga sochadi. Milliardlab zarralar havo yordamida atrofga tarqaladi va ko‘payadi.

 

 

Chakalakzordan ehtiyotkorlik bilan chiqib kelayotgan tapir rasmi portret yo‘nalishida ikkinchi o‘ringa loyiq topildi. Uning muallifi - hindistonlik Vishnu Gopal.

 

 

Gollandiyalik Lennart Ferxyoyvel sohilga chiqib qolgan kosatkaning so‘nggi nafaslarini kamera xotirasiga muhrladi. Rasmdagi kosatka avval ham sohilga chiqib qolgan. O‘shada u qutqarib qolingan edi, ammo oradan biroz vaqt o‘tib u yana quruqlikka chiqib qolgan. Bu safar u nobud bo‘lgan. Jasad tekshirilganda jonivor nafaqat suvsizlik, balki kasallikdan o‘lgani aniqlandi.

 

 

Yovvoyi tabiat fotografi tanlovi g‘oliblarining asarlari 2024 yilning 30 iyunigacha Lonbtn tabiat muzeyida ko‘rgazmaga qo‘yiladi.

 

Keyingi yil uchun suratlar qabuli esa shu yilning 16 oktyabridan 7 dekabrgacha davom etadi.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

custom img

Eron “Makka kelishuvi”ga qo‘shilish taklifini oldi

Tehron mintaqada umumiy “xavfsizlik soyaboni” yaratilishini ijobiy baholamoqda.

custom img

"Erkaklarning bir-birini quchoqlab, o‘pishi to‘g‘ri ish emas" — Toqayev

Qozog‘iston Prezidenti erkaklar, xususan, harbiylar o‘rtasida quchoqlashish odatini tanqid qildi.

custom img

Omskda qurilishdagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida jami to‘rt kishi, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari halok bo‘lgan.

custom img

To‘qayev yangi prezidentlik muddatiga saylanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

Qozog‘iston yangi Konstitutsiyasi amaldagi prezidentga yana bir bor prezidentlik saylovida qatnashish imkonini berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"