Alsgeymer kasalligini erta bosqichlarda aniqlash usuli topildi
Bu bo‘yicha Los-Anjelesda tadqiqot o‘tkazildi.

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti tadqiqot guruhi virtual reallik ko‘zoynaklaridan foydalangan holda Alsgeymer kasalligining erta bosqichidagi yangi simptomni aniqlashdi.
Tadqiqotda 110 kishi ishtirok etdi, ular uch guruhga bo‘lindi: sog‘lom yosh ishtirokchilar (31 kishi), sog‘lom keksa ishtirokchilar (36 kishi) va o‘rtacha kognitiv nuqsoni bo‘lgan bemorlar (43 kishi). Ulardan virtual reallik ko‘zoynaklarini taqib, topshiriqlarni bajarish so‘raldi. Xususan, ular raqamlangan konuslar tomonidan boshqariladigan maʼlum bir yo‘nalishni kuzatishlari kerak edi. VR-texnologiyasi uch xil atrof-muhit sharoitlarini hosil qildi.
Maʼlum bo‘lishicha, Alsgeymer kasalligining dastlabki bosqichida bo‘lgan odamlar yo‘nalishdagi burilishlarni doimiy ravishda noto‘g‘ri baholashgan. Sog‘lom keksa ishtirokchilar yoki yengil kognitiv buzilishlari bo‘lgan odamlarda shunga o‘xshash holat kuzatilmadi. Tadqiqot natijalari navigatsiyadagi xatolar Alsgeymer kasalligiga xos ekanini va sog‘lom qarish yoki umumiy kognitiv pasayish bilan bog‘liq emasligini ko‘rsatdi.







