Bayden Isroil va Falastin rahbarlari bilan muzokaralar olib bordi
Bayden AQSH Isroilni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Falastin hukumati rahbari Mahmud Abbos bilan alohida muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Benyamin Netanyaxu bilan suhbat chog‘ida Bayden Qo‘shma Shtatlar Isroilni doimiy qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi. Shuningdek, u Isroil rahbariga harbiy yordam haqida maʼlumot berdi va mojaroni kengaytirishga qaratilgan har qanday urinishlarga qarshi o‘z shartlarini aytdi.
Bayden Falastin maʼmuriyati rahbari Mahmud Abbos bilan suhbatida HAMASning Isroilga qilgan hujumini qoraladi va bu guruh Falastin xalqining qadr-qimmati va o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini himoya qilmasligini yana bir bor taʼkidladi.
O‘z navbatida, Abbos Baydenni mintaqadagi faoliyati va falastinliklarga, xususan, G‘azo sektoriga juda zarur bo‘lgan insonparvarlik yordamini yetkazish borasidagi saʼy-harakatlari haqida gapirdi. Bayden Falastin maʼmuriyatiga ushbu muhim saʼy-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi.







