Shimoliy Koreya Rossiya qurol yetkazib beryapti — AQSH rasmiysi
Razvedka maʼlumotlariga ko‘ra, 7 sentyabrdan 1 oktyabrgacha Rossiyaga qurol-yarog‘ yetkazib berilgan.

AQSH rasmiylari Shimoliy Koreyani Ukrainada foydalanish uchun Rossiyaga katta miqdorda harbiy texnika yetkazib berishda aybladi.
Pxenyan so‘nggi haftalarda 1000 tagacha konteynerda uskunalar va o‘q-dorilar yetkazib berdi, dedi Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Jon Kirbi.
O‘tgan oy Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga tashrif buyurib, harbiy hamkorlikni muhokama qilgandi.
Moskva armiyasi Ukrainaga davom etayotgan harbiy mojaroda katta miqdordagi artilleriya snaryadlari va raketalarini ishlatib bo‘lgan va o‘z taʼminotini ayrim izolyatsiya qilingan ittifoqchilaridan to‘ldirishga harakat qilmoqda, degan taxminlar bor.
Baʼzi tahlilchilarning fikricha, janob Kim rejimi ulkan qurol-yarog‘ zaxirasiga ega bo‘lishi mumkin, ammo resurslarning nisbiy yetishmasligi tufayli haddan tashqari ko‘p narsalarni topshirishni istamasligi mumkin.
AQSH razvedka idoralari maʼlumotlarga ko‘ra, 7 sentyabrdan 1 oktyabrgacha bo‘lgan davrda yetkazib berishlar kuzatilgan.
Bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida janob Kirbi jihozlar dengiz va temir yo‘l orqali Rossiya janubi-g‘arbidagi, Tixoretsk yaqinidagi Ukraina chegarasidan 290 km uzoqlikdagi taʼminot omboriga eksport qilinganini aytdi.
Janob Kirbi janob Kim rejimi tomonidan yetkazib berilgan o‘q-dorilar xususiyatiga aniqlik kiritmadi, biroq AQSH avvalroq Moskvani Pxenyandan raketa va artilleriya snaryadlarini xarid qilganlikda ayblagan edi.
Rossiya 2022yilning fevral oyida Ukrainada harbiy harakatlar boshlaganidan beri AQSH rasmiylari Shimoliy Koreya Rossiyaga o‘q-dorilar yetkazib berganidan xavotir bildirishmoqda.
“Biz Shimoliy Koreyani Rossiyaga Ukraina shaharlariga hujum qilish, ukrainalik tinch aholini o‘ldirish va Rossiyaning noqonuniy urushini davom ettirish uchun foydalaniladigan ushbu harbiy texnika bilan taʼminlaganini qoralaymiz. Shimoliy Koreya tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlar BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzadi, shuning uchun biz ittifoqchilarimiz va hamkorlarimiz bilan birgalikda BMTda bu qurol bitimlarini agressiv ravishda ko‘tarishda davom etamiz”, dedi janob Kirbi jurnalistlarga.
Iyul oyida Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu harbiy delegatsiya bilan mamlakatga tashrif buyurdi va janob Kim bilan uchrashdi, u bir qator qurol tizimlarini, jumladan, Xvason qitʼalararo ballistik raketasini (ISBM) namoyish etdi.
Sentyabr oyida esa janob Kim Rossiyaning uzoq sharqidagi «Vostochniy» kosmik markazida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.
Kuzatuvchilarning aytishicha, Shimoliy Koreya qurollari Rossiyaning urush harakatlariga faqat qisqa muddatli yordam beradi.
Mutaxassislar bunday yetkazib berish mojaroda hal qiluvchi rol o‘ynashi shubhali ekanini aytdi.
Ammo bu AQSH Vakillar palatasida davom etayotgan byudjet masalasida Kiyevga qo‘shimcha 6 milliard dollarlik harbiy yordam yuborish rejalarini to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘lgan paytga to‘g‘ri keldi.
Prezident Bayden shu hafta boshida Vakillar palatasida demokratlar va respublikachilar o‘rtasidagi vaqtinchalik kelishuv uni Ukrainadagi urush harakatlarini moliyalashtirishning muqobil yo‘llarini topishga majbur qilishi mumkinligini aytgan.





