O'zbekiston

Kelgusi yil 40 ta yangi metro poyezdlari xarid qilinishi rejalashtirilgan

Mamlakatimizda jamoat transportini rivojlantirish maqsadida qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Kelgusi yil 40 ta yangi metro poyezdlari xarid qilinishi rejalashtirilgan

Bugungi kunda iqtisodiy barqaror o‘sish va aholining turmush tarzini yaxshilashning asosiy omillaridan biri bu yo‘l harakati tizimini rivojlantirishdir. Bu borada so‘nggi yillarda mamlakatimizda qator tizimli ishlar olib borilyapti.

 

Jumladan, jamoat transportini rivojlantirish maqsadida qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda:

Xususan:

 

1. Avtobus xizmatlarini takomillashtirish borasida 2022-2023 yillarda Toshkent shahri uchun 200 dona o‘rta sig‘imli SAZ LE 60 rusumli, 190 dona katta sig‘imli MAN rusumli avtobuslar, ilk bor 20 dona zamonaviy elektrobuslar xarid qilindi. Bundan tashqari, metan gaz yoqilg‘isida harakatlanuvchi 500 ta katta sig‘imli “YOUTONG” va 200 ta o‘ta katta sig‘imli “KINGLONG” avtobuslari hamda 302 ta “YOUTONG” elektrobuslari keltirildi.

 

Buning natijasida 2022 yilga nisbatan jamoat transporti harakat tarkibining sonini 31 foizga (1 485 tadan 1 959 tagacha) va avtobuslarning kunlik qatnovlar sonini 69 ofizga (14 999 tadan 25 404 tagacha) oshirishga erishildi.

Shuni taʼkidlash joizki, yo‘llardagi tirbandliklar tufayli bugungi kunda fuqarolar ikki-uch yil oldingiga qaraganda 2 barobar ko‘p vaqtini yo‘lda o‘tkazmoqda. Baʼzida tirbandliklarda transport oqimining o‘rtacha tezligi soatiga 7 km ga tushadi.

Shu sababli, aholi orasida jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida avtobuslarning muntazam va bir maromdagi harakatini tashkil etish taʼminlandi – 2023 yilda Toshkent shahrida avtobuslar uchun 186,6 km alohida ajratilgan yo‘laklar ajratilib, hozirgi kunda bundan 48,2 km tashkil etilgan.

 

2. Toshkent metropolitenini rivojlantirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Xususan, 2016 yilda davlatimiz Rahbari tomonidan metro qurilishini davom ettirishga qaratilgan qator qarorlar imzolandi.

 

Jumladan,

 

– 2016 yil 7 noyabrdagi “Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasining ikkinchi bosqichini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2653-sonli qarori. Unga muvofiq Yunusobod metro liniyasining 2,9 km uzunlikdagi 2 ta “Turkiston” va “Yunusobod” stansiyalari qurildi;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 noyabrdagi “Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2664-sonli qarori. Unga muvofiq 2020 yil dekabr oyida 7 km uzunlikdagi yangi Sergeli metro liniyasining 5 ta stansiyasi qurildi va foydalanishga topshirildi;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi PQ-2979-son qarori. Unga muvofiq “Toshkent shahrida halqa yer usti metro liniyasini qurish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

 

Buning natijasida so‘nggi 7 yil ichida metro bekatlari soni 29 tadan 50 taga yetkazilib, yangi zamonaviy 21 bekat qurildi, yo‘nalishlar masofasi esa 38 km.dan 70 km.ga yetkazildi – 32 km.ga qo‘shimcha metropoliten yo‘llari qurildi.

 

Shu bilan birga ushbu qisqa davrda 15 ta yangi metro poyezdlari xarid qilindi va eski vagonlar qayta taʼmirlandi. 2024 yilda esa qo‘shimcha 40 ta yangi metro poyezdlari xarid qilinishi rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari taʼkidlash joizki, nafaqa yoshidagi keksalarga joriy yilning 1 aprelidan boshlab metropolitendan foydalanish uchun bepul xizmat ko‘rsatilmoqda.

 

3. Piyodalarning xavfsiz harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish borasida ham qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 iyuldagi “2022-2026 yillar davomida amalga oshirilish mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida: 1) yangi yo‘l belgilari o‘rnatilib, yaroqsiz holga kelganlari esa taʼmirlandi; 2) maktablar oldida tezlikni cheklovchi yo‘l belgilari o‘rnatildi; 3) yangi svetofor obyektlari qurilib, yaroqsiz holga kelgan svetofor obyektlari rekonstruksiya qilindi; 4) piyodalar svetofori obyektlari qurilib, eski svetofor obyektlari rekonstruksiya qilindi; 5) yo‘l yotiq chiziqlari chizildi, trotuar va velosiped yo‘laklari qurildi; 6) aholi punktlarida yo‘llar sunʼiy yoritildi va h.k.

 

Shu bilan birga, 2023 yildan boshlab “Diqqat piyoda” profilaktik tadbiri Toshkent shahri doirasida 12 tuman kesimida o‘tqazilmoqda. Bundan maqsad piyodalarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida profilaktik suhbatlar o‘tkazish va ularning xavfsizlik darajasini oshirish.

 

4. Yo‘l infratuzilmasi kompleks takomillashtirilmoqda.

 

Davlatimiz rahbarining 2022 yildagi “2022-2026 yillar davomida amalga oshirilish mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-316-son va “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarorlariga muvofiq O‘zbekistonda: a) aholi punktlaridagi kesib o‘tish belgilanmagan joylarda yo‘lning qatnov qismini piyodalar harakatidan cheklovchi vositalar (panjaralar) o‘rnatildi; b) qarama-qarshi yo‘nalishlarni ajratib turuvchi to‘siqlar va temir to‘siqlar o‘rnatildi; v) yo‘llarning qatnov qismi taʼmirlandi va chorrahalarning geometrik parametrlarini o‘zgartirish yo‘li bilan ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyati oshirildi; g) avtomobil yo‘llaridagi orqaga qayrilib olish joylari “Tomchisimon” qayrilib olish shakliga o‘zgartirildi; d) transport vositalarining vazn va hajm ko‘rsatkichlarini nazorat qilish punktlari tashkil etildi.

custom img

11-may kuni boshlangʻich sinf oʻquvchilariga darslar boʻlmaydi, faqat yuqori sinflar o’qiydi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 11-maydagi ish tartibi bo‘yicha ma’lumot berdi.

custom img

Jamoat transportida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy qilinadi

Samarqand, Namangan, Xiva va boshqa turizm shaharlari uchun zamonaviy “yashil transport” dasturlari ishlab chiqiladi.

custom img

O‘zbekistonning 9 hududida sel xavfi e’lon qilindi

Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosish holatlari yuz berishi mumkin.

custom img

“Tanqidlarim Mirzamahmudovga qaratilmagan, kim vazir bo‘lsa ham fikrlarimni aytaveraman” — Bakirov

Jamoatchilik faoli Otabek Bakirov  O‘zbekistonda so‘z erkinligiga ta’sir ko‘rsatayotgan qonunchilik bazasi yuzasidan jiddiy xavotirlarini bildirdi va jamoatchilikning keng qo‘llab-quvvatlashi uchun chuqur minnatdorlik izhor etdi.

custom img

Nurobodda 50 ming gektar maydonda pista plantatsiyalari barpo etiladi

Ushbu tadbirlarning dastlabki bosqichida 500 nafar mahalliy aholini pudrat shartnomalari asosida ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

custom img

Karkidon turizm majmuasi: tabiat va zamonaviylik uyg‘unlashgan maskan

O'zbekiston Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi qaroriga muvofiq, bu yerda qiymati 635 milliard so‘mlik zamonaviy turizm majmuasi shakllantirilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Avstriya delegatsiyasini qabul qildi

Ushbu tashrif doirasida qo‘shma biznes forumi o‘tkazildi, mehnat migratsiyasi, diplomatik xizmat va soliqqa tortish sohalarida muhim bitimlar imzolandi.

custom img

Mintaqada barqarorlik uchun zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarur — Eron elchixonasi

Eronning O‘zbekistondagi elchixonasi Yaqin Sharqda barqarorlik faqat diplomatiya, muloqot va kollektiv hamkorlik orqali ta’minlanishi mumkinligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"