Jahon

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 12-paketini tayyorlamoqda

YeI bu gal Rossiya iqtisodiy og‘ir zarba olishiga ishonadi.

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 12-paketini tayyorlamoqda

 

Yevrokomissiya yaqin orada Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 12-paketini taqdim etadi.

 

Unda import va eksportga yangi taqiqlar hamda neft narxining yuqori chegarasini kuchaytirish choralari joy olgan.

 

"Tez orada biz sanksiyalarning 12-paketini taqdim etamiz. Ro‘yxatga yangi qo‘shimchalar kiritilgan. Import va eksportga yangi taqiqlar, neft narxining shiftini kuchaytirish bo‘yicha harakatlar shular jumlasidandir", — deb yozdi Yevrokomissiya rahbari.

 

Avvalroq Politico gazetasi Yevrokomissiya kelgusi haftada Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarning 12-paketi bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etishi kutilayotgani, muhokamalar yil oxirigacha davom etishi mumkinligini xabar qilgandi. Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari kimyoviy moddalar, harbiy maqsadlarda foydalaniladigan texnologiyalar, qayta ishlangan metallar, alyuminiy mahsulotlari, qurilish va transport mahsulotlari, payvandlash mashinalari va dasturiy taʼminot litsenziyalarini o‘z ichiga olishi mumkin. Bundan tashqari, Rossiya olmoslarini olib kirishni taqiqlash masalasi ham muhokama qilinmoqda.

 

Sanksiyalarning 12-to‘plami uchinchi davlatlar orqali sanksiyalarni chetlab o‘tishga urinishlarga qarshi choralarni ham o‘z ichiga oladi. Ittifoq allaqachon ko‘rilgan choralarga uchinchi mamlakatlardagi ko‘proq tovarlar va kompaniyalarni qo‘shishga harakat qiladi.

 

Joriy yilning iyun oyida Ittiffoqning Rossiyaga qarshi 11-sanksiya paketi kiritilganidan so‘ng Yevropa Ittifoqining shaxsiy cheklovlari deyarli 1,8 ming shaxs va tashkilotlarga taʼsir ko‘rsatdi. Cheklovchi choralar Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi aktivlarni muzlatish bilan bog‘liq. Yevropa Ittifoqi fuqarolari va kompaniyalariga sanksiyalar ro‘yxatidagilarga mablag‘ berish taqiqlanadi. Jismoniy shaxslarga qo‘shimcha ravishda sayohat taqiqlanadi, bu esa ularning Yevropa Ittifoqiga kirishiga yoki mintaqa orqali tranzit o‘tishiga to‘sqinlik qiladi.

 

Rossiya G‘arb bir necha yil avval boshlagan va kuchayishda davom etayotgan sanksiya bosimiga dosh berishini bir necha bor taʼkidlagan.

 

Shuningdek, ayrim ekspertlar ham Rossiya iqtisodiyoti sanksiyalar bosimi ostida sinish o‘rniga ularga chap berib qolayotgani haqida gapirgan.

 

custom img

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

custom img

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"