O'zbekiston

Tunda chaqiruvga borgan “Tez yordam” shifokori yolg‘iz ayolga jinsiy tajovuz qilgani aytilmoqda

Ayol tobi qochgani sababli “Tez yordam” chaqirgan va imkon qadar ayol shifokor jo‘natishlarini so‘ragan. Biroq...

Tunda chaqiruvga borgan “Tez yordam” shifokori yolg‘iz ayolga jinsiy tajovuz qilgani aytilmoqda

 

Bloger hamda Adliya vazirining maslahatchisi Shahnoza Soatova hali go‘dak bo‘lgan farzandi bilan yolg‘iz yashaydigan olima ayolga tunda chaqirilgan tez yordam shifokori jinsiy zo‘ravonlik qilgani haqida yozdi. Taʼkidlashicha, ayol tobi qochgani sababli “Tez yordam” chaqirgan va imkon qadar ayol shifokor jo‘natishlarini so‘ragan. 

 

“Bir juda yomon voqea haqida murojaat bo‘ldi. Murojaatchi o‘zim shaxsan taniydigan ayol, universitetda dars beradi, xorijiy tillar bo‘yicha PhD qilmoqchi, olima. Yolg‘iz ona, o‘g‘lini o‘zi katta qilyapti. O‘g‘li hali go‘dak.

 

Shu payshanba — 16 noyabrga o‘tar kechasi tobi qochgan va “Tez yordam” chaqirgan. Yolg‘iz o‘zi yosh bolasi bilan yashagani va kechqurun bo‘lgani uchun iloji bo‘lsa ayol shifokor so‘ragan. Lekin ikki soatda ham ayol shifokor topilmagani uchun tungi soat 00:15da erkak shifokor bir o‘zi kirib kelgan. Uchta shprisda ukol qilgan. Oxirgisini qilayotgan paytdayoq ayol o‘zini g‘alati his qila boshlagan. “Miyam birdan mast odamnikiday garang bo‘lib qoldi, osmonga uchayotgandek bo‘ldim. Es-hushim joyida, lekin oyoq-qo‘lim bo‘shashib o‘zimga bo‘ysunmay qoldi”, dedi.

 

Xullas, “Tez yordam” shifokori ayolning ojizligidan foydalanib, unga nojo‘ya qiliqlar qilgan, qo‘li bilan jinsiy zo‘rlagan. Yana ko‘proq ishlar qilmoqchi bo‘lgan-u, ayol holi boricha qarshilik qilavergach, nihoyat ketgan.

 

Ayol ertasi kechgacha xayoli o‘zida bo‘lmagan, kechga borib nima bo‘lganini anglab, bong ura boshlagan. Lekin “102”ga qo‘ng‘iroq qilingach kelgan uchastka noziri yetarli tezkorlik ko‘rsatmagan, ayolga “baribir isbotlashingiz qiyin”, deb murojaatidan voz kechishga undagan. Ayol qatʼiyat ko‘rsatgach, sudmedekspertizaga yo‘llanma bergan. Bu juma kuni kechqurungi gap.

 

Ayol sudmedekspertizaga borgan, ish kuni tugab qolgani uchun ishi bitmagan. Ertasi shanba ham shu ahvol. Sudmedekspertiza, narkologiyaga borib vaqti zoye ketgan (qiziq, ular haftada 5 kun soat 4 gacha ishlasa, boshqa vaqtlarda qilingan jinoyat izlari dushanbagacha kutib o‘tiradimi?). “Uchastkovoy” esa hamon “baribir isbotlay olmaysiz” pozitsiyasida shekilli, yetarli harakat qilmay, aksincha, arizani qaytarib olish haqida gap ochyapti nuqul. “Tez yordam” qoldirib ketgan shprislardagi modda qoldiqlarini ham hech kim eʼtiborga olmayapti. Portalga qilingan qo‘ng‘iroqlar, murojaatlar oxirigacha eshitilmay qo‘yib qo‘yilyapti. Ayol ishonmayapti adolatga, lekin uni topmoqchi, shundan juda jonsarak.

 

Ayolning ahvoli juda yomon, ham o‘sha “shifokor”ning iflos ishidan xo‘rlangan, ham bu sustkashlik va eshikma-eshik to‘pdek tepilishlardan charchagan.

 

O‘zi jinsiy jinoyatlar ko‘pda ochilmay qolishi va davom etaverishining sababi ham shuki, qurbonga juda qiyin bo‘ladi nimanidir isbotlash va ayni paytda bu xo‘rlik va sarsonliklarga chidash”, — deya taʼkidlagan Shahnoza Soatova.

 

Jurnalist IIV masʼullari hamda Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovga ham murojaat qilib, vaziyatga jiddiy qarashni so‘ragan hamda holatga eʼtiborsizlik bo‘lsa zo‘ravonlar arqoni battar yechilishi mumkinligidan xavotirini bildirgan. 

 

Respublika Tez tibbiy yordam markazi matbuot kotibi chaqiriqqa borgan tez tibbiy yordam feldsheri O.M.ning ish faoliyati bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Tunda chaqiruvga borgan “Tez yordam” shifokori yolg‘iz ayolga jinsiy tajovuz qilgani aytilmoqda | Zamon.uz