Iqtisodiyot

Kichik va o‘rta biznes uchun milliardlab dollar pul yo‘naltirilmoqda

Ularning maqsadli sarflanishiga kim javob beradi?

Kichik va o‘rta biznes uchun milliardlab dollar pul yo‘naltirilmoqda

 

Harajatsiz daromad ko‘rib bo‘lmaydi. Bu degani tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlamasdan va ularni rag‘batlantirmasdan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni iloji yo‘q. Kichik va o‘rta biznes uchun milliardlab dollar pul yo‘naltirilmoqda. Ularning maqsadli sarflanishiga kim javob beradi?

 

Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra kichik va o‘rta biznesni qo‘llab quvvatlashga davlat va xalqaro tashkilotlardan jalb qilinadigan mablag‘lar hisobiga milliardlab dollar mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

 

Ushbu mablag‘lar qanday sarflanadi va ularni nazorati olib boriladimi?

 

Mazkur qaror bilan Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilish bo‘yicha Respublika komissiyasi va uning hududiy komissiyalari tashkil etilmoqda. Ushbu komissiyalarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Bojxona va Soliq qo‘mitalari, Biznes ombudsman, Savdo Sanoat palatasi, tijorat banklari vakillari ishtirok etib mazkur Qaror bilan belgilangan vazifalarni o‘z nazoratiga oladilar.

 

Jumladan:

— Respublika komissiyasiga (J.Qo‘chqorov) 2023 yil 15 dekabrga qadar hududlar va davlat dasturlari yo‘nalishlari kesimida 2024 yilda 2 million aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlash topshirilmoqda.

 

- Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari I.Norqulov va Markaziy bank raisi o‘rinbosari A.Turdaliyev aholini kichik va o‘rta biznesga jalb qilish va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha masʼul etib belgilanmoqda.

 

Shu bilan birgalikda ajratilayotgan kreditlarni kafolatli qaytarish bo‘yicha quyidagi mexanizmlar joriy etilmoqda:

 

a) kredit ajratishning barcha bosqichlari (arizani ko‘rib chiqish, qaror qabul qilish, kafillik berish va kredit ajratish) raqamlashtirilgan holda elektron platformalarda amalga oshiriladi;

 

B) kredit taʼminotlarini nazorat qilish, garovga olingan mulklarni taqiqdan chiqarish hamda almashtirish jarayonlari elektron platformalar orqali markazlashgan holda tashkil qilinadi;

 

v) IT yordamida mijozlar faoliyati tahlil qilinib xatarlar oldindan aniqlash mexanizmi amaliyotga joriy etiladi;

 

g) tuman (shahar) va mahallalarga ajratiladigan kreditlar hajmi yuzaga kelgan muammoli kreditlar ulushidan kelib chiqib belgilanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni, shuningdek yo‘naltirilayotgan mablag‘larni, nazoratiga alohida eʼtibor qaratilib yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning shaxsiy zimmasiga yuklatilgan.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"