Jahon

Shvetsiya markaziy masjidida O'zbekistondagi yangilanishlar yuqori baholandi

Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar Yangi O‘zbekistondagi diniy islohotlar, masjidlar, Qur’on kurslari va Fatvo markazi faoliyatini haqida gapirib berdi.

Shvetsiya markaziy masjidida O'zbekistondagi yangilanishlar yuqori baholandi

Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahridagi “Zayd ibn Sulton al-Nahayyon” masjid-majmuasida O‘zbekiston delegatsiyasi va Shvetsiya diniy yetakchilari o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Yangi O‘zbekistondagi diniy islohotlar haqida so‘zlab berdi. Ayniqsa, mamlakatimiz masjidlari, Qur’on kurslarining faoliyati, mintaqada yagona bo‘lgan Fatvo markazi, imom va qorilarning xorijiy safarlari shvetsiyalik soha vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

 

Muftiy hazratlari Ramazon hayiti arafasida Prezident tashabbusi bilan ochilgan Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy masjid-majmuasi xalqimizga tuhfasi haqida so‘zlab, Shvetsiya vakillarini ushbu majmualar bilan yaqindan tanishishga taklif etdi.

 

Masjid bosh imomi Mahmud Xalfiy O‘zbekiston tarixidagi buyuk mutafakkirlar — Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi olimalar va Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek singari olimlarning ilm-fanga qo‘shgan hissasi, shuningdek, bugungi kunda mamlakat taraqqiyoti haqida so‘zlab berdi.

 

Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi maxsus vakili Kristian Kamil O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasidagi o‘xshashliklarni ta’kidlab, delegatsiyalar o‘rtasidagi muloqotning ijobiy natijalar berayotganini qayd etdi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Shvetsiya markaziy masjidida O'zbekistondagi yangilanishlar yuqori baholandi | Zamon.uz