O'zbekiston

O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlariga doir talablar belgilandi

Qurilishlar faqat tabiiy va ekologik toza materiallardan amalga oshiriladi, talablar buzilgan taqdirda ishlar to‘xtatiladi va zarar qoplanadi.

O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlariga doir talablar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu Nizom milliy tabiiy meros obyektlarining maqomi, turlari, ro‘yxatini shakllantirish hamda hududlarida qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Milliy tabiiy meros obyektlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

 

Biologik — 50 yillik va undan ortiq yoshdagi daraxtlar, relikt daraxtzorlar, qimmatbaho daraxt turlari, tabiiy landshaft va ekotizimlar, biosfera qo‘riqxonalari, Ramsar konvensiyasi obyektlari, diqqatga sazovor tabiiy joylar, mavsumiy tabiiy hodisalar;

 

Geologik — geologik kesimlar, geomorfologik obyektlar, tabiiy geologik tuzilma, global geoparklar, fiziografik tuzilmalar, shifobaxsh konlar yoki yotqiziqli hududlar;

 

Gidrologik — tabiiy suv havzasi, sharshara, buloq, ko‘l va daryolar;

 

Paleontologik — qadimgi hayot shakllari qoldiqlari.

 

Nizomga ko‘ra, milliy tabiiy meros obyektlariga muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi beriladi. Ushbu obyektlar Umumjahon madaniy va tabiiy merosi hamda Ramsar konvensiyasi ro‘yxatiga, shuningdek, Butunjahon biosfera qo‘riqxonalari va Global geoparklar tarmog‘iga kiritilishi mumkin.

 

Milliy tabiiy meros obyekti hududida quyidagi faoliyatlar taqiqlanadi: tabiiy resurslarni qazib olish, o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazish, noqonuniy qurilish, daraxt va butalarni kesish, gidrologik va gidrodeologik rejimni o‘zgartirish, tuproq eroziyasi, chiqindilarni saqlash, zaharli moddalar va mineral o‘g‘itlarni ishlatish, sanoat majmualari va boshqa ekologik xavfli ob’ektlar faoliyati.

 

Qurilish ishlarida inshoot balandligi, tashqi ko‘rinishi va ishlatiladigan materiallar mahalliy landshaftga mos bo‘lishi, tabiiy va ekologik toza materiallardan foydalanilishi talab etiladi. Relyefni o‘zgartirish, daraxt va o‘simliklarga zarar yetkazish va suv obyektlarini buzish taqiqlanadi. Talablar buzilgan taqdirda ishlar to‘xtatiladi va aybdor shaxslar zararlarni qoplash majburiyatiga yuklanadi.

 

Nizom milliy tabiiy meros obyektlarining muhofazasini mustahkamlash, bioxilma-xillikni saqlash va hududlarning tabiiy holatini barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston milliy tabiiy meros obyektlariga doir talablar belgilandi | Zamon.uz