O'zbekiston

Ko‘priklarning 4 834 tasi qoniqarsiz, 5-6 foizi esa yaroqsiz holda

Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida “2024 yil uchun davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Ko‘priklarning 4 834 tasi qoniqarsiz, 5-6 foizi esa yaroqsiz holda

 

Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida “2024 yil uchun davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.

 

Savol-javoblar davomida deputatlar yo‘l infratuzilmasi masalasiga ham alohida eʼtibor qaratdi. Ularning fikricha, bugungi kunda O‘zbekistonda 14 863 ta ko‘prik bor, shundan 32 foizi, yaʼni 4 834 tasi qoniqarsiz, 5-6 foizi esa yaroqsiz holatda. 

 

Joriy yilda avariya holatidagi ko‘priklarni tiklash bo‘yicha alohida qaror qabul qilingan va unda 2024, kelgusi yillarda davlat byudjetidan zarur mablag‘larni ajratish belgilangan. Bu bo‘yicha alohida dastur qabul qilingan va unda kelgusi yilda 226 ta ko‘prikni tiklash ko‘rsatilgan.

 

Lekin 2024 yilgi byudjetda 27 ta eski ko‘prikni taʼmirlashga pul ajratilishi belgilangan. Fraksiya aʼzolari qolgan ko‘priklar qaysi mablag‘ hisobidan taʼmirlanadi, degan savol bilan mutasaddilarga murojaat qildi. Mutasaddilar ko‘tarilgan barcha savollar yuzasidan tushuntirishlar berdi.

 

Uzoq davom etgan savol-javoblardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

custom img

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda yomg‘ir oldidan shamol kuchayishi sabab qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

custom img

Juda ko‘p miqdordagi firibgarlik: gumonlanuvchi Gruziyada qo‘lga olindi

Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlari ishtirokida fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

custom img

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

Bitimga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazilishi mumkin.

custom img

O'gay qizini o'ldirdi: Qashqadaryoda 4 yoshli qiz o‘gay onasi urishi oqibatida vafot etdi

Bosh qismidan jiddiy jarohat olgan qizaloqning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u shu kuni hayotdan ko‘z yumgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"