O'zbekiston

Xorazmdan qadimiy qo‘ng‘iroqni olib chiqilishga yo‘l qo‘yilmadi

Qo‘ng‘iroq “Ichan-qalʼa” Davlat muzey qo‘riqxonasiga topshirildi.

Xorazmdan qadimiy qo‘ng‘iroqni olib chiqilishga yo‘l qo‘yilmadi

 

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari noyob tarixiy va madaniy boyliklarning respublikadan olib chiqishga bo‘lgan urinishni fosh etishdi.

 

Jumladan, bojxona posti orqali xorij davlatiga yo‘l olgan fuqaro k.A.ning qo‘l yuki belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, nazorat-rentgen apparatida shubhali tasvirlar aks etdi. Shundan so‘ng, ushbu qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida va belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

 

 

Natijada, bojxona nazoratidan yashirilgan, og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish taʼqiqlangan qadimiy hisoblangan sariq metalldan yasalgan 1 dona qo‘ng‘iroq borligi aniqlandi.

 

O‘tkazilgan badiiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bronzadan yasalgan qo‘ng‘iroq XIX asrning II yarmida Yevropa davlatlarida yasalganligi maʼlum bo‘ldi. Hozirgi kunda mazkur madaniy boylik “Ichan-qalʼa” Davlat muzey qo‘riqxonasiga topshirildi.

 

Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 23 martdagi “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish mumkin emas.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Xorazmdan qadimiy qo‘ng‘iroqni olib chiqilishga yo‘l qo‘yilmadi | Zamon.uz