O'zbekiston

O‘zbekistonda “Zero Risk” dasturini qo‘llash taklif etilmoqda

Prezident IT-xizmatlar eksportini rivojlantirishga oid takliflar bilan tanishdi.

O‘zbekistonda “Zero Risk” dasturini qo‘llash taklif etilmoqda

 

Bugun, 22 dekabr Prezident Shavkat Mirziyoyev IT-xizmatlar infratuzilmasi va eksportini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. 

 

Bu haqda o‘tgan yili 20 dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida bo‘lgan videoselektor yig‘ilishida topshiriq berilgan edi.

 

Hozirgi kunda IT-park rezidentlari soni 1 ming 700 taga yetib, ularda 26 ming nafar xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida rezidentlar sonini 10 barobar oshirib, ulardagi ish o‘rinlarini 100 mingtaga yetkazish, sohada eksport hajmini 5 milliard dollarga olib chiqish belgilangan.

 

Shu maqsadda hududlarga IT-eksportchi tashkilotlarni keng jalb qilishga qaratilgan “Zero Risk” dasturini qo‘llash taklif etilmoqda. Bu dasturda ishtirok etuvchi korxonalarga IT-park tavsiyanomasi asosida bo‘sh turgan davlat binolari 1 yilgacha muddatga tekin foydalanishga beriladi. Bu muddat tugagach, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuziladi. IT-park tomonidan texnika va jihozlar 1 yilgacha muddatga tekin foydalanishga beriladi.

 

Bu korxonalar faoliyatini rivojlantirishi uchun ham qator imtiyozlar nazarda tutilmoqda. Jumladan, ushbu dastur bo‘yicha korxonalarga xodimlarni ishga olish va malakasini oshirish xarajatlari 50 foizgacha qoplab beriladi.

 

Mahalliy IT-kompaniyalarni xalqaro miqyosga olib chiqish bo‘yicha “Local to Global” loyihasi amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, mahalliy IT-kompaniyalarning jahon bozoriga chiqishi, xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashishi, xorijiy ekspertlarni taklif etishida xarajatlarning 50 foizgacha qismi qoplab beriladi.

 

Taqdimotda “raqamli inklyuzivlik” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ham axborot berildi. Yoshlar, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarda IT-xizmatlar ko‘rsatish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Natijada 9 mingta ish o‘rni yaratilishi, jumladan, 5 mingga yaqin ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi taʼminlanishi mo‘ljallangan.

 

Umuman, “raqamli inklyuzivlik” loyihasi natijasida 25 ming nafar shaxsni ish bilan taʼminlash hisob-kitob qilinmoqda.

 

Davlat rahbari bu takliflarni maʼqullab, qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"