Bayden Navalniyning yaqinlari bilan uchrashdi
Prezident ularga fojiali yo‘qotish uchun hamdardlik bildirgan.

AQSH prezidenti Jo Bayden Navalniyning yaqinlari Yuliya va Darya Navalnaya bilan uchrashdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
"Bugun men Yuliya va Dasha Navalnaya – Aleksey Navalniyning yaqinlari bilan uchrashib, ularga fojiali yo‘qotish uchun hamdardlik bildirdim.
Alekseyning jasorati merosi uning bevasi Yuliya va qizi Dashada, shuningdek, Rossiya bo‘ylab demokratiya va inson huquqlari uchun kurashayotgan son-sanoqsiz odamlarda saqlanib qoladi", — deb yozgan Bayden uchrashuv haqida.
Uchrashuvda Yuliya Navalnaya "kurashni davom ettirishini" maʼlum qilgan.







