Sardor Kariyev 18 yilga qamaldi
U "Dok-1 Maks" ishi bo'yicha ayblangandi.

Bugun, 26 fevral kuni Toshkent shahar sudida “Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha sud qarori e’lon qilinmoqda.
Sud qaroriga ko‘ra, Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyev 2 yil 6 oy davlat idoralarida ishlash huquqidan mahrum etilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi.







