O'zbekiston

BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston ilgari surgan rezolyutsiyani bir ovozdan maʼqulladi

O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027 yil "Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili" deb eʼlon qilinadi

BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston ilgari surgan rezolyutsiyani bir ovozdan maʼqulladi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan ushbu rezolyutsiyaga 80 dan ortiq aʼzo mamlakat hammualliflik qildi.

 

Hujjat matnini muvofiqlashtirish bo‘yicha maslahatlashuvlarda Rossiya, Xitoy Xalq Respublikasi, AQSH, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Misr, Braziliya, Argentina kabi yetakchi davlatlarning ekspertlari faol ishtirok etdi va rezolyutsiya mazmunini boyitishga muhim hissa qo‘shdi. BMTga aʼzo davlatlar vakillari ushbu rezolyutsiyaning taqdim etilishi o‘z vaqtida va dolzarb ekanini qayd etdilar.

 

Hujjatning bosh maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil oktyabrida Samarqandda bo‘lib o‘tgan BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida turizm sohasining yangi muammolar va zamonaviy xatarlar oldida barqarorligi va moslashuvchanligi borasida bildirilgan fikrlariga asoslangan.

 

Davlatimiz rahbari tomonidan turizmning turli sivilizatsiyalar boy madaniy merosini asrashda, tinchlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashda, xalqlarning qadriyatlarini hurmat qilishda muhim o‘rin tutishi to‘g‘risida bayon etilgan tamoyillar ushbu rezolyutsiyada mustahkamlangan.

 

Hujjatda ekologiya, bioxilma-xillikni asrash va atmosferaning ifloslanishini kamaytirish yo‘lida “yashil” turizmni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

 

Rezolyutsiya 2027 yilni Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili deb eʼlon qilishni qaror qiladi hamda BMTning Jahon sayyohlik tashkilotini hukumatlar, BMT tizimidagi tuzilmalar, mintaqaviy tashkilotlar bilan birgalikda yilni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun kompleks choralar ko‘rishga chaqiradi.

 

Rezolyutsiyada barqaror turizmni, jumladan, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, iqtisodiy o‘sish, to‘liq bandlikni taʼminlash, qishloq hududlarini rivojlantirish va qishloq aholisining yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiluvchi ekoturizmni rivojlantirish muhimligi taʼkidlanadi.

 

Rezolyutsiya barcha manfaatdor tomonlarga barqaror va yashovchan turizmni kambag‘allikni bartaraf etish, ayollar, yoshlar, keksalar va nogironlarning ishtirokini rag‘batlantirish, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish hamda munosib ish joylari va daromad manbalarini yaratishning muhim vositasi sifatida faol ilgari surishni tavsiya etadi.

Hujjat bilan BMTning Jahon sayyohlik tashkilotiga ushbu rezolyutsiyaning amalga oshirilishi yuzasidan BMT Bosh Assambleyasining 83-sessiyasida (2028 y.) axborot berish, bunda Xalqaro yil qay darajada o‘tkazilganini baholashga alohida eʼtibor berish topshirildi.

 

Ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan rezolyutsiya turizm sanoatining global darajada yangi bosqichga ko‘tarilishini boshlab beradi.

custom img

Ohangaron tumanida avtobus va Lacetti to‘qnashdi

Lacetti haydovchisi va 2 nafar avtobus yo‘lovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

custom img

"Toshkent xalqaro yarimmarafoni" sabab ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

Cheklovlar 6-sentyabr soat 05:00 dan 14:00 gacha amal qiladi.

custom img

Jizzaxda 33 ming aholiga mo‘ljallangan atomchilar shaharchasi quriladi

Viloyatda 9,5 mlrd dollarlik integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishi davom etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda doimiy aholi soni 39 milliondan oshdi

Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari hamda statistika tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekistonda yagona bojxona to‘lovi stavkasi 30 foizdan 20 foizga tushiriladi

2027 yildan bojxona sohasidagi yangi strategiyaga ko‘ra, to‘lovlar pasaytiriladi va tadbirkorlar uchun bir qator talablar bekor qilinadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi.

custom img

Zafarabod tumani hokimi va uning o‘g‘li YTHga uchradi

“MAZ” rusumli yuk mashinasi chapga burilish vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan hokim boshqaruvidagi “KIA Seltos” bilan to‘qnashgan.

custom img

Xorijliklardan O‘zbekistonga kirish vizasi uchun 31 ming dollar olganlar ushlandi

Ular uch nafar xorijiy fuqaroga O‘zbekistonga kirish vizalarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"