Jahon

Putin: noqonuniy migratsiya to‘xtatiladi

Rossiyadan 2023-yil 110 mingga yaqin noqonuniy muhojir chiqarib yuborilgan.

Putin: noqonuniy migratsiya to‘xtatiladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2-aprel kuni bo‘lib o‘tgan Ichki ishlar vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida noqonuniy migratsiyani to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi.

 

Rossiyadan 2023-yil 110 mingga yaqin noqonuniy muhojir chiqarib yuborilgan. Bu 2022-yilga nisbatan 65 foizga ko‘pdir.

 

Jamoat tartibini ta’minlash, ekstremizmga qarshi kurashish, noqonuniy migratsiyaga chek qo‘yish, joylardagi xizmatlar faoliyati, shuningdek, Ichki ishlar vazirligining uyushgan jinoyatchilikni zararsizlantirish borasidagi faoliyati kabi vazifalarga alohida e’tibor qaratishingizni so‘rayman, — dedi Putin.

 

Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsеv 2023-yilda migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, jumladan, qotillik 18 foizga, o‘g‘irlik 14 foizga, o‘g‘rilik 32 foizga, tartibsizliklar 22 foizga kamayganini aytdi.

 

Putin mamlakatga noqonuniy kirish ekstremizm va jinoyatchilik uchun “ozuqaviy muhit” hisoblanishini ta’kidladi. Unga ko‘ra, mamlakatning urf-odatlari, tarixi, tilini hurmat qilmaydiganlar Rossiyaga kiritilmasligi kerak. Bu qoida mamlakat migratsiya siyosatining asosiy tamoyili bo‘lishi lozim.

 

U Rossiyada faoliyat yuritayotgan jinoiy sindikatlar ko‘pincha transchegaraviy bo‘lib, xorijiy razvedka xizmatlari va xalqaro radikal ekstremistik tuzilmalarning emissarlari bilan hamkorlik qilishini aytdi. 

 

Bunday turdagi jinoiy jamoalar odam savdosi va giyohvand moddalar savdosi bilan ham shug‘ullanadi, shuningdek, moliyaviy jinoyatlar va kiberjinoyatlar sodir etadi, — dedi Putin.

 

Rossiya Ichki ishlar vazirligi migrantlarning Rossiyada vaqtincha bo‘lish muddatini bir kalendar yili davomida jami 90 kungacha qisqartirishni taklif qilgan. Shuningdek, vazirlik barcha xorijliklarni Rossiyaga kirishda daktiloskopiyadan o‘tish va suratga olish majburiyatini yuklash tashabbusi bilan chiqdi.

 

26-mart kuni Putin Rossiya Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasiga migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. U bu sohadagi vaziyat nazorat ostida bo‘lishi kerakligini taʼkidladi.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"