O'zbekiston

O‘zbek-tojik chegarasida “geroin” to‘xtatib qolindi

DXX bu bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazgan.

O‘zbek-tojik chegarasida “geroin” to‘xtatib qolindi

Davlat chegarasi orqali Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

 

Giyohvandlik vositalarining kontrabandasiga qarshi kurashish doirasida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bir nechta noqonuniy holatlarga chek qo‘yildi.

 

Jumladan, “o‘zbek-tojik” davlat chegarasining Samarqand viloyati Urgut tumani Chep qishlog‘i hududidan o‘tgan qismida, nomaʼlum shaxslar tomonidan Tojikiston Respublikasidan olib kelinib, qoldirib ketilgan 980 gr. “geroin” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Hozirda ushbu giyohvandlik vositasi egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Andijon viloyatida kuzatilgan holatda, Qo‘rg‘ontepa tumanining Qorasuv shahrida yashovchi, 1996 Y.T., muqaddam sudlangan shaxs tarkibida “Pregabalin” kuchli taʼsir qiluvchi moddasi bo‘lgan 30.000 dona “Nervegesic” nomli dori vositasini Qirg‘iz Respublikasidan davlat chegarasi orqali noqonuniy ravishda o‘tkazgan vaqtida ushlandi.

 

Bunday qonunbuzilishi Namangan viloyatida ham qayd etilib, unda 3121 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan Kosonsoy tumani hududiga o‘tkazgan vaqtlarida 1992 va 1993 yillarda tug‘ilgan 2 nafar mahalliy fuqaro ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.Shuningdek, ularning 1988 va 1993 yillarda tug‘ilgan 2 nafar jinoiy sheriklari ham protsessual tartibda ushlandi.

 

Hozirda uchala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbek-tojik chegarasida “geroin” to‘xtatib qolindi | Zamon.uz