O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashdi

Shundan so‘ng prezident boshqa davlat rahbarlari bilan birga “Nomaʼlum askar” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi G‘alaba paradida qatnashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

 

Moskvaning Qizil maydonida G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi. Uni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Gvineya-Bisau Prezidenti Umaru Sisoku Embalo, Laos Prezidenti Txonglun Sisulit va Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel ham kuzatdi.

 

Ko‘plab tarixiy dalil va misollar O‘zbekiston xalqi buyuk g‘alabaga munosib hissa qo‘shganini yaqqol tasdiqlaydi.

 

Dahshatli urush boshlangan birinchi kunlardanoq yurtdoshlarimiz fashizmga qarshi mardona kurashga otlandi. O‘sha paytda respublikamiz aholisi 6,5 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, shundan 1 million 950 mingdan ortig‘i yovuz dushman bilan yuzma-yuz bo‘lib qonli janglarda ishtirok etgan. Bu botir va dovyurak o‘g‘lonlarning 538 mingdan ziyodi jang maydonlarida halok bo‘lgan. 158 ming nafardan ko‘prog‘i bedarak ketgan.

 

O‘zbekistonlik askar va ofitserlardan 214 ming nafardan ziyodi jangovar orden va medallar bilan taqdirlangan. Jumladan, 301 nafar yurtdoshimiz Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga, 70 nafari esa uchala darajadagi “Slava” ordeniga sazovor bo‘lgan.

 

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik ofitserlar orasidan o‘nlab generallar, mohir qo‘mondonlar yetishib chiqqan.

 

O‘zbekiston urush yillarida front ortidagi mustahkam taʼminot bazasiga aylandi. Yurtimizdan jang maydonlariga katta miqdorda qurol-yarog‘, oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechak, palatka, parashyut va boshqa zarur mahsulotlar yuborilgan. Urush bo‘layotgan hududlardan O‘zbekistonga 170 dan ortiq zavod va fabrika ko‘chirib keltirilib, tezlik bilan ishga tushirilgan. O‘zbekiston aholisi 1941-43 yillarda mudofaa fondiga 475 million rubldan ortiq mablag‘ni, 22 million rubllik qimmatbaho shaxsiy buyumlarini ixtiyoriy ravishda topshirgani g‘alabani yaqinlashtirishga yana bir muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.

 

O‘sha suronli yillarda xalqimiz gumanizm va insoniylik bobida o‘ziga xos tarixiy maktab yaratdi. Urush alangasi ichida qolgan hududlardan ko‘chirib keltirilgan, turli millatga mansub 1 million 500 mingga yaqin insonlar O‘zbekistondan panoh topdi. Ularning orasida 250 mingdan ziyod yetim bolalar ham bor edi. Xalqimiz ularga mehr berdi, so‘nggi burda nonini ham ular bilan baham ko‘rdi.

 

Xalqimizning yuksak jasorati va bag‘rikengligini tasdiqlovchi ushbu tarixiy dalillar xalqaro hamjamiyat tomonidan keng eʼtirof etilgan.

 

Yurtimizda Ikkinchi jahon urushida jang qilgan va front ortida fidokorona mehnat qilgan ajdodlarimizning jasoratini abadiylashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Urush qatnashchilari va nogironlari har yili rag‘batlantirilmoqda. Toshkent shahrida ulkan G‘alaba bog‘i ochildi, shu kungacha u yerga 2 million 200 ming nafardan ziyod ziyoratchilar tashrif buyurdi.

 

Tadbirdan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlatlar yetakchilari bilan birga Aleksandr bog‘idagi “Nomaʼlum askar” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi.

 

Yodgorlik Ikkinchi jahon urushida Vatan uchun jonini fido qilgan turli millatlarga mansub millionlab askarlar, shu jumladan o‘zbek o‘g‘lonlarining qahramonligi va jasorati ramzidir.

 

Prezidentlar bir daqiqalik sukut bilan askarlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

 

Marosim yakunida faxriy qorovul va orkestr tantanali ravishda saf tortib o‘tdi.

 

Shu bilan Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi. Aeroportda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

custom img

Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarga tezkor ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.

custom img

Qurilish sohasida “sirli mijoz” usuli joriy etiladi

Ushbu tadbirlar har chorakda kamida bir marta o‘tkazilishi belgilangan.

custom img

Qashqadaryodagi 2,5 mlrd so‘mlik ko‘prik uch yil ichida yaroqsiz holga kelgani aytilmoqda

Ko‘prikdagi muammolar Qizil daryo o‘zanining cho‘kishi oqibatida yuzaga kelgan.

custom img

Aholi murojaatlari vaqtida ko‘rib chiqmagan 19 nafar amaldor ishdan olindi

Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini buzgan va kamchiliklarni bartaraf etmagan 13 ta vazirlik hamda idoraga oid materiallar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

custom img

Prezident Ibrohim G‘afurov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Ibrohim G‘afurov “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni, “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi” faxriy unvoni, shuningdek, “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlangan.

custom img

Surxondaryodagi Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ davlat muhofazasiga olinadi

Holat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

custom img

Toshkentda elektrobus urib ketishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Avtobus orqaga harakatlanayotgan vaqtda piyodani urib yuborgan.

custom img

Markaziy Osiyodagi ilk bepul media bank ishga tushirildi

Aura .uz platformasida 12 mingdan ortiq professional foto, video va infografik materiallar jamlangan bo‘lib, baza har kuni yangi kontentlar bilan boyitib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"