Eron prezidenti bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi
U bilan birga bortda vazirlar ham bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, Sharqiy Ozarboyjonda Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisi bo‘lgan vertolyot muammoga duch kelgan.
Biroq prezidentga hamrohlik qilayotgan vertolyotdagi ayrim kishilar Markaziy shtab bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldi.
Prezident karvonida uchta vertolyot bo‘lgan, ulardan ikkitasida vazirlar va amaldorlar uchayotgan bo‘lgan va ular o‘z manzillariga eson-omon yetib kelishdi.
Prezident bilan vertolyotda Tabrizdagi juma namozi imomi Sayyid Muhammad Ali al-Hoshim va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyyan ham bo‘lgan.
IRIB davlat telekanali taqdim etgan so‘ngi maʼlumotga ko‘ra, Eron prezidenti Ibrohim Raisi uchayotgan vertolyot qiyinchlik bilan qo‘nishni amalga oshirdi, qutqaruv guruhlari voqea joyiga yetib borishga harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ibrohim Raisiy bugun chegara hududida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashgandi.







