O'zbekiston

Mirziyoyev Eron xalqiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslarning vafot etgani munosabati bilan ushbu mamlakat oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi.

Mirziyoyev Eron xalqiga hamdardlik bildirdi

Maktubda, jumladan, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan Ibrohim Raisiyning yorqin xotirasi xalqlarimiz qalblarida doimiy saqlanib qolishi taʼkidlanadi.

 

O‘zbekiston prezidenti do‘st Eron xalqiga, marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"