Vengriyada ikkita qayiq to‘qnashib ketdi
Qurbonlar bor.

Vengriyadagi Dunay daryosida ikki qayiq to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi bedarak yo‘qolgan.
Hodisa Budapeshtdan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan Verase qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari yaradorni topdi. Keyinroq yaqin oradan erkak va ayolning jasadi topilgan. Hozirda besh kishini — uch erkak va ikki ayolni qidirish ishlari davom etmoqda.
Voqea sodir bo‘lgan vaqtda qayiq yonida kruiz kemasi bo‘lgan.







