Xavotirga o‘rin yo‘q: mamlakat boshqaruvida “muammolar” bo‘lmaydi
Eron hukumati bayonot bilan chiqdi.

Eron hukumati halokatga uchragan vertolyot bortidagi prezident Ibrohim Raisiy va boshqalarning halok bo‘lgani munosabati bilan bayonot berdi.
Vazirlar Mahkamasi voqea munosabati bilan hamdardlik bildirdi va mamlakat boshqaruvida “muammolar” bo‘lmasligini taʼkidladi.
"Eron xalqining tinib-tinchimas va mehnatkash prezidenti millat uchun jonini fido qildi", — deyiladi bayonotda.
Hukumat "sharaf va xizmat yo‘li" davom etishiga va mamlakat boshqaruvida “muammolar” bo‘lmasligiga ishontirgan.
Eslatib o‘tamiz, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyotining halokatga uchrashi oqibatida barcha yo‘lovchilar va ekipaj aʼzolari halok bo‘ldi.
Bortda prezidentdan tashqari Eron tashqi ishlar vaziri Amir Abdullahyon va Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Oyatulloh al-Hoshim bo‘lgan. Ibrohim Raisiy Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan uchrashuvdan qaytayotgan bo‘lgan. Davlat rahbarlari Aras daryosidagi to‘g‘on ochilishi marosimida ishtirok etgan.







