Eronda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkaziladi
U iyun oyida bo‘lib o‘tadi.

Eronda prezident Ibrohim Raisiy vafotidan keyin navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari 28 iyunga belgilandi.
Nomzodlarni ro‘yxatga olish 30 maydan 3 iyunga qadar, saylovoldi tashviqoti 12 iyundan 27 iyun ertalabgacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, 19 may kuni bortida Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot mamlakat shimoli-g‘arbidagi tog‘larga qulab tushdi. Hodisa oqibatida undagi barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgan.







