Jahon

Ramzon Qodirovning 18 yoshli o‘g‘li sport vaziri bo‘ldi

Axmad Qodirov so‘nggi uch oy davomida Checheniston Yoshlar ishlari vaziri lavozimini egallab kelgan.

Ramzon Qodirovning 18 yoshli o‘g‘li sport vaziri bo‘ldi

Rossiyaning Checheniston hududi rahbari Ramzon Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li Axmat Qodirov Sport vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida maʼlum qildi. 

 

Axmat Qodirov 2023 yil noyabrda 18 yoshga to‘lgandi. O‘shandan beri u Checheniston hukumatidagi to‘rtinchi lavozimini almashtirmoqda. Axmat Qodirov fevral oyidan beri yoshlar ishlari bo‘yicha vazir lavozimida ishlab kelayotgandi.

 

Ilgari bu lavozimda ishlagan Iso Ibragimov Checheniston hukumati maʼmuriyati rahbari o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi. Bundan tashqari, Ramzan Vismurodov viloyat Yoshlar ishlari vazirligiga rahbarlik qiladi, Temirlan Xuchiyev esa respublika sanoat va energetika vaziri lavozimiga tayinlandi.

 

Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li avval respublika Jismoniy tarbiya, sport va yoshlar siyosati vazirining birinchi o‘rinbosarligi, shuningdek, "Birinchilar harakati" Butunrossiya bolalar va yoshlar harakatining Checheniston viloyati bo‘limi kengashini boshqargan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Checheniston rahbari va uning rafiqasi Mednining 14 farzandi bor – sakkiz o‘g‘il va olti qiz. Ularning aksariyati respublika hukumatida yuqori lavozimlarni egallab, muntazam ravishda mukofotlarga sazovor bo‘lmoqda.

 

Masalan, 16 yoshli Adam Qodirov Chechenistonda bir nechta masʼul lavozimlarga tayinlangan, shuningdek, o‘ndan ortiq davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

 

2023 yil oktyabr oyida Qodirovning to‘ng‘ich qizi 24 yoshli Oysha hukumat raisining ijtimoiy blok bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi. Uning 23 yoshli singlisi Xadicha Grozniy meriyasining maktabgacha taʼlim bo‘limiga rahbarlik qiladi. Qodirovning uchinchi qizi, 21 yoshli Xutma 2023 yil mart oyida sog‘liqni saqlash sohasi kuratori etib tayinlangan edi. 19 yoshli Tabarik Qodirova «Irs Grupp» kompaniyasiga egalik qiladi. Uning faoliyati chakana savdo, rus va xorijiy brendlarni jalb qilish, mehmonxona biznesi va boshqa sohalarni o‘z ichiga oladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Ramzon Qodirovning 18 yoshli o‘g‘li sport vaziri bo‘ldi | Zamon.uz