Bishimbayevning farzandlari familiyasini o‘zgartirmoqchi
Bu haqda uning sobiq rafiqasi Nozim Kaxarmon maʼlum qildi.

Qozog‘istonda turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenovaning o‘limida aybdor deb topilgan sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevning farzandlari familiyasini o‘zgartirish niyatida.
Ikki oydan ortiq davom etgan Bishimbayevga nisbatan sud jarayoni butun dunyoda keng rezonansga sabab bo‘ldi. Sud Bishimbayevni 24 yilga ozodlikdan mahrum qildi. U jazoni Arshalidagi koloniyada o‘taydi.
Kaxarmanning so‘zlariga ko‘ra, uning oilasi sud jarayoni davomida qiynalgan. Bolalar psixologik jarohatlarga duch kelgan va shaxsiy maʼlumotlarini o‘zgartirishga qaror qilgan, chunki jinoyatdan keyin familiya “umumiy nomga aylangan”.
“Yaxshi odam edi, afsuski, bobosining nomini va xotirasini sharmanda qildi, tahqirladi. Ota, albatta, abadiy ota bo‘lib qoladi. Undagi yaxshi xislatlarni olib, hayot uchun rahmat deyish kerak. Ammo u odam o‘ldirib, o‘z hayotini barbod qildi va shu tariqa farzandlariga pand berdi. Jahl qilish, achinish, yig‘lash va qo‘yib yuborish. Uning o‘z yo‘li bor, bolalar otasi uchun masʼul emas, ular uni tarbiyalamagan, bu hayotga taklif qilmagan. Uni qo‘llab-quvvatlash va sevishga majbur emaslar. Farzandlar oldida biz, ota-onalar masʼulmiz”, — deydi Kaxarman.







