Isroil Rafahga yangi zarbalar berdi
Avvalroq Xalqaro sud hujumni to‘xtatish bo‘yicha Isroilga talab qo‘ygandi.

25 may, shanba kuni Isroil G‘azo sektoriga, jumladan, Rafah shahriga yangi hujumlarni boshladi.
AFP jurnalistlari va guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, shanba kungi zarbalar G‘azo sektoridagi Rafah va Dayr al-Bala shaharlariga berilgan.
BBC‘ning G‘azodagi muxbiri Rushdiy Abu Aluf avvalroq xabar qilishicha, Xalqaro sud qarori eʼlon qilinganidan bir necha daqiqa o‘tib, Isroil samolyotlari Rafahdagi Al-Shabura lageriga bir qator zarbalar bergan.
BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Isroilning Rafahga hujumi boshlanganidan keyin shaharni 800 mingdan ortiq tinch aholi tark etgan.







