Armaniston IIV: 196 nafar namoyishchi qo‘lga olindi
Ular yo‘llar va avtomagistrallarni to‘sishda qatnashgan.

Eslatib o‘tamiz, Yerevanda Ozarbayjon bilan chegaralar delimitatsiyasiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tmoqda.
Armanistonliklar bir necha haftadan beri amaldagi bosh vazirga va hududlarning Ozarboyjonga berilishiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda. Namoyishga Arman Apostol cherkovining Tavush yeparxiyasi rahbari Bagrat Galstanyan boshchilik qilmoqda. Uning o‘zi mashinasida Yerevanda Sayat-Nova shoh ko‘chasi va Abovyan ko‘chasi chorrahasini to‘sib qo‘ygan.







