Gitanas Nauseda Litva prezidenti etib qayta saylandi
Uning raqibi, bosh vazir Shimonite mag‘lubiyatini tan oldi.

Litvadagi prezidentlik saylovlarida ikkinchi turda mamlakatning amaldagi prezidenti, 60 yoshli Gitanas Nauseda g‘alaba qozondi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, u 75 foizga yaqin ovoz to‘plamoqda.
Nausedaning ikkinchi turdagi raqibi, 49 yoshli bosh vazir Ingrida Shimonite allaqachon mag‘lubiyatini tan olgan.
"Men Litvaning saylangan prezidentini tabriklayman", — deya uning so‘zlarini keltiradi AFP.
Ikki hafta oldingi saylovlarning birinchi bosqichida Nauseda 44 foiz, Shimonite 20 foiz ovoz olgan.
Gitanas Nauseda rasman partiyasiz, biroq sotsial-demokratlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. U 2019 yildan beri prezident bo‘lib, Ukrainaga Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda yordam berishning kuchli tarafdori sifatida tanilgan. Ingrid Shimonite Litva bosh vaziri bo‘lib, hukmron o‘ng markazchilar koalitsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.







