Jahon

Isroil Rafahdagi qochqinlar lageriga zarba berdi — video

Yong‘iт oqibatida 40 ga yaqin odam halok bo‘ldi.

Isroil Rafahdagi qochqinlar lageriga zarba berdi — video

Isroil kuchlari Rafahdagi qochqinlar yashaydigan Tal-as-Sulton lagerini bombardimon qildi. 

 

Taʼkidlanishicha, qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalar bo‘lgan. Falastin Qizil yarim oy jamiyati chodirlardagi ko‘plab odamlar tiriklayin yonib ketganini taʼkidlagan.

 

“Hududdagi shifoxonalar Isroil ishg‘olining G‘azo sektoridagi sog‘liqni saqlash tizimini ataylab yo‘q qilishi natijasida bunday ko‘p sonli jarohatlanganlari sig‘dira olmayapti”, — deyiladi bayonotda.

 

Mahalliy manbalar kamida sakkizta raketa BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatuvchi agentligi (UNRWA) ombori yonida yaqinda o‘rnatilgan chodir lageriga urilganini aytdi.

 

"Potensial xalqaro miqyosda taqiqlangan qurollarni qo‘llash yirik yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lgan, oqibatda jabrlanganlar oyoq-qo‘llarini yo‘qotgan va boshqa jarohatlar olgan. Biz 50 ga yaqin odamni va yaradorlarni hududdan olib chiqib, dala kasalxonalariga yetkazdik”, — deya taʼkidladi G‘azo fuqarolik mudofaasi guruhlarini boshqaradigan doktor Muhammad al-Mug‘ayyir.

 

Isroil armiyasi o‘z bayonotida HAMAS lageriga havo hujumi uyushtirilganini daʼvo qildi. Harbiylar tinch aholi jarohatlanganidan xabardor ekanini maʼlum qildi.

 

“Zarba xalqaro qonunlarga muvofiq, aniq o‘q-dorilardan foydalangan holda va HAMAS hududdan foydalanayotganini ko‘rsatuvchi aniq razvedka maʼlumotlariga asoslanib, qonuniy nishonlarga qarshi amalga oshirildi”, — deya qo‘shimcha qildi Isroil armiyasi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Isroil Rafahdagi qochqinlar lageriga zarba berdi — video | Zamon.uz