Jahon

Netanyaxu Rafahdagi qochqinlar lageriga qilingan hujumga munosabat bildirdi

Isroil tomoni hali-beri urushni to‘xtatish niyatida emas.

Netanyaxu Rafahdagi qochqinlar lageriga qilingan hujumga munosabat bildirdi

Isroilning Rafahdagi chodirlar lageriga havo hujumi oqibatda kamida 45 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohat oldi. 

 

Isroil parlamentida so‘zlagan Netanyaxu zarba "fojiali baxtsiz hodisa" ekanligini aytdi, ammo shunday qo‘shimcha qildi: "Men barcha maqsadlarga erishilmaguncha urushni tugatish niyatida emasman".

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil tinch aholini himoya qilish uchun barcha mumkin bo‘lgan ehtiyot choralarini ko‘rmoqda. Shuningdek, SAXAL mojaroga aloqador bo‘lmaganlarga zarar yetkazmaslik uchun harakat qilmoqda.

 

Isroilning zarbasi xalqaro, jumladan, gumanitar tashkilotlar, BMT va Yevropa Ittifoqi tomonidan qoralandi. Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning aytishicha, Isroil BMT sudining Rafahga hujumni to‘xtatishga buyruq bergan qarorini hurmat qilishi kerak.

 

Isroilning Hamas bilan muzokaralarida vositachilik qilayotgan Qatar Tashqi ishlar vazirligi bu voqea to‘xtab qolgan maslahatlashuvlarni qayta tiklash va garovga olinganlarni ozod qilish harakatlariga to‘sqinlik qilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

 

Axborot agentliklarining diplomatik manbalariga ko‘ra, bugun Jazoir tashabbusi bilan BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Netanyaxu Rafahdagi qochqinlar lageriga qilingan hujumga munosabat bildirdi | Zamon.uz