Jahon

Yangi Gvineyadagi ko‘chki 2000 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi

Papua-Yangi Gvineya hukumati kuchli ko‘chkidan so‘ng xalqaro yordam so‘rab murojaat qildi.

Yangi Gvineyadagi ko‘chki 2000 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi

Papua-Yangi Gvineyada 24 may kuni sodir bo‘lgan kuchli ko‘chki oqibatida 2000 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. 

 

"Ko‘chki 2000 dan ortiq odamni tiriklayin ko‘mib tashladi va ulkan vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi", — deya ularning BMT missiyasiga murojaatidan iqtibos keltirgan AFP.

 

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, Mungalo tog‘i yonbag‘rida joylashgan Mulitaka qishlog‘i tabiiy ofat natijasida yer yuzidan deyarli butunlay yo‘q bo‘lib ketgan. Ko‘chkining keyingi harakati qutqaruvchilar va ofatdan omon qolganlar uchun qo‘shimcha xavf tug‘diradi, deyiladi Papua-Yangi Gvineya hukumatining BMTga murojaatida.

 

"Ko‘chki kattaligi to‘rtta futbol maydoniga teng bo‘lgan maydonni qamrab oldi va u ulkan toshlar, ildizi qo‘porilgan daraxtlar va bir necha metr qalinlikdagi yer qatlamlari ostida qolib ketdi", — deyiladi AFP xabarida.

 

Tabiiy ofat hududida turli qabilalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tufayli vayronalarni tozalash uchun gumanitar yordam va og‘ir texnikalarni olib kelish hozirda qiyin. Maʼlum qilinishicha, yaqin atrofdagi qishloqlar aholisi 27 may kuni ham kurak va yog‘ochlar yordamida qurbonlarni qidirishni davom ettirgan. 

 

Ayni paytda, Papua-Yangi Gvineya hukumati xalqaro yordam so‘rab murojaat qildi. 28 may kuni BMT tomonidan ushbu mavzuda videokonferensiya tashkil etilishi rejalashtirilgan. Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning aytishicha, GFR o‘z hamkorlari bilan aloqada va qanday yordam berishi mumkinligiga aniqlik kiritmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Xitoy ham yordam taklif qildi. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yangi Gvineyadagi ko‘chki 2000 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi | Zamon.uz