Yevropa Ittifoqi eshiklari Gruziya uchun yopildi
Bu haqida Yevropa kengashining tashqi aloqalar bo‘yicha raisi o‘rinbosari xabar berdi.

Karl Bild X ijtimoiy tarmog‘ida:
"Hukmron partiya prezidentning “Rossiya qonuni”ga qo‘ygan vetosini parlamentdagi ko‘pchilikni bilan qo‘llovi bilan bekor qilishi ortidan Gruziyaning Yevropa Ittifoqi tomon yo‘li nihoyasiga yetdi. Achinarli — lekin haqiqat" deb yozgan.
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni “Gruziya orzusi” partiyasi mamlakat prezidentining “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishga qo‘ygan vetosini parlamentda ko‘pchilik ovoz bilan yengib chiqdi. Gruziyada nodavlat tashkilotlarning harakatlarini cheklovchi qonun loyihasiga qarshi bir yarim oydan beri deyarli har kuni norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda.







