Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon 10 ga yaqin ballistik raketa uchirdi
Raketalar dengizga qulagan.

Hodisa bugun, 30 may kuni taxminan soat 02:14 da sodir bo‘lgan. Bu haqida “Yonhap” xabar berdi.
“Shimoliy Koreya sinovlar bahonasi ostida ballistik raketalar ishtirokida provokatsiyalar olib borishda davom etmoqda. Ammo ularning bunday katta miqdorda uchirilishi noodatiy hol. Harbiylar batafsil xususiyatlar, shu jumladan, raketa modeli va parvoz masofasini tahlil qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Raketalar dengizga, Yaponiya iqtisodiy zonasidan tashqariga qulagan.







