Jahon

Rossiyada 63 yoshli erkak yashin urishi oqibatida vafot etdi

Favqulodda hodisa joyida mutaxassislar tekshiruv ishlarini olib borishmoqda.

Rossiyada 63 yoshli erkak yashin urishi oqibatida vafot etdi

 

Moskavada soyabon bilan ko‘chada yurgan 63 yoshli erkakni yashin urdi. U voqea joyida vafot etgan. Xabar berilishicha, Moskva yaqinidagi Balashixa shahrida soyabon bilan o‘tib ketayotgan pensionerni yashin urgan. Oqibatda, u vafot etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, holat soat 19:00 atrofida sodir bo‘lgan.

 

"1961 yilda tug‘ilgan erkakni chaqmoq urdi. Voqea joyiga tez tibbiy yordam brigadasi yetib kelgan, biroq reanimatsiya harakatlari yordam bermagan. Sud-tibbiyot ekspertlari jasadni ko‘zdan kechirmoqda. Erkakning soyaboniga yashin urilgani aniqlandi", — deyiladi xabarda.

 

Huquq-tartibot idoralari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, erkakning tanasida kuyishlar va elektr izlari topilgan. Favqulodda hodisa joyida mutaxassislar ishlamoqda. Tekshiruv ishlari olib borilayotganini Moskva viloyati Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasi ma’lum qildi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"